G‘ijjak
Gʻijjak — torli kamonli musiqa asbobi. Oʻzbek, tojik, turkman, uygʻurlarda va kamon, kemancha nomi bilan Kavkazorti mamlakatlarida keng tarqalgan. Oʻzbek cholgʻu asboblari orkestrida gʻijjakchilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi.
Tarixi
Oʻrta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga koʻra gʻijjakni (gʻipchak nomi bilann) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga soxtagan,Qulmuhammad Udiy esa Gʻijjakka 3-torni qoʻshgan. Ungacha 2 simli gʻijjakda ipakdan eshilgan yoki simli aks-sado beruvchi torlar soni 8-11 tagacha boʻlgan.
Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida aytilishicha, gʻijjakni chala bilish barcha saroy sozandalari uchun shart boʻlgan. Oʻrta asrda Alijon Gʻijjakiy, Xoʻja Oʻzbek Gʻijjakiy kabi sanʼatkorlar mashhur boʻlgan.
Gʻijjakning kosaxonasi ustidagi teri sovuq, nam sharoitida choʻkib ketishi, ingichka simlarining ovozi noqisligi tufayli Oʻzbekiston (ayniqsa Andijon)da 19-asr oxiridan gʻijjak oʻrniga anʼanaviy ansambllar tarkibida skripka ishlatila boshladi. Ammo keyinchalik asbob mukammalashtirildi va undan yana keng qoʻllanila boshlandi. 1940-yillarda gʻijjakning oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrida ishlatiladigan alt, bas va kontrabas turlari yaratilgan. Mazkur orkestrlar tarkibida Gʻijjakchilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi. Hozir xalq cholgʻu orkestrida Gʻijjak-bas oʻrniga qoʻbiz-bas (yoki violonchel), Gʻijjak-kontrabas oʻrnigab kontrabasning oʻzi ishlatiladi.
Gʻijjakning inson ovoziga yaqin, nozik va dardli tovushi, qochirimlarga boy, xonaqoiy ijro uslubi tufayli milliy mumtoz musiqa ansambllarida asosiy oʻrin tutadi.
Tuzilishi
Gʻijjakning yumaloq choʻmichsimon kosasi oldin qovoq, kokos yongʻogʻidan, hozirda yogʻoch (tut, yongʻoq) gʻoʻlachasidan oʻyib yasaladi va kosasi ogʻziga teri yoki pufak tortiladi. Pardasiz dastasining bir uchiga quloqlar oʻrnatiladi, bir uchi esa kosaxona ustiga joylashadi. Dasta bilan kosaxonaning umumiy uzunligi 550-900 mm atrofida.
Hozirda gʻijjakning torlar soni 3-4 boʻlib, kvarta-kvintaga sozlanadi. Ular dastaning yuqori qismida joylashgan shayton xarak va kosaxona ustidagi xarakka yotqiziladi. Umumiy diapazoni 4 oktavadan ortiq.
Chalish uslublari
Oʻzbekistonda gʻijjak ijrochiligining oʻziga xos uslublari, asosan, Andijon, Buxoro va Xorazm anʼanaviy maktablari orqali namoyon boʻlgan. Fargʻona vodiysi hofizlik sanʼati hamda surnay ijrochilik anʼanalari taʼsirida shakllangan Andijon maktabi (T. Jalilov, Gʻ. Hojikulov, E. Roʻziboyev, Yu. Yusupov va boshqalar) mayda urgʻu (aksent)lar, kuy tuzilmalarini uzmasdan chalish yoʻllari, surnayga xos qochirimlar singdirilganligi bilan ajralib turadi. Komiljon Jabborov, Gʻanijon Toshmatov, M. Niyozov, M. Muhammedov ijrosida „Surnay Irogʻi“, „Oʻyin Munojoti“, „Dugohi Husayniy“ hamda „Kezarman“ (Gʻ. Toshmatov), „Gul mavsumi“ rov) kabi gʻijjak kuylari mashhur.
Mahalliy musiqa anʼanalari (ayniqsa, Shashmaqom yoʻllari) negizida qaror topgan Buxoro maktabiga gʻijjak ning xuddi titrayotgan kamonni yurgʻizib sadolanishi, har bir pardani oʻzida toʻlqinlatib (tebranish) tezlashishi xos. Buxoro gʻijjakchilik maktabi namoyandalaridan Haydarqul Qorovulbegi (Buxoro amirlari saroylarida xizmat qilgan), 20-asrda Aminjon Ismatov, Samo Vohidov, Hikmat Neʼmatov, Oʻlmas Rasulovlar ijrosida „Surnay Irogʻi“, „Bahri tavil“, „Kamon ufari“, „Zulayho“, „Noz“ (Oʻ. Rasulov) kabi namunalari ommalashgan.
Xorazm maktabi ijro uslubi shiddat, kamonni urgʻu bilan tortish, ayni paytda yumshoq toʻlqinlatish bilan ajralib turadi. Mazkur maktab vakillaridan Patak-gʻijjakchi (mashhur Suyav-baxshi dastasida faoliyat koʻrsatgan, 19-asr), Abdulla Mijana, Matyoqub Xarratov, Ollanazar Hasanov, Hasanboy Atayevlar talqinida Xorazm maqomlashning cholgʻu yoʻllari, surnay yoʻllari, shuningdek, „Aliqambar“, „Qalabandi“, „Xarrotiy“ (M. Xarratov), „Gech polvon“ singari kuylar mashhur.
Ishlatilishi
Gʻijjak yakkanavoz cholgʻu, ayni paytda joʻrnavoz soz sifatida ham keng qoʻllanilmoqda. Turkman, qoraqalpoq, xorazm baxshilari (masalan, R. Murodov), Andijonda T. Jalilov, Gʻ. Hojiqulov, S. Toʻxtasinovlar oʻziga xos joʻrnavozlik yoʻllarini yaratishgan, 1970-yillardan boshlab gʻijjakni yakkanavoz va milliy cholgʻu ansambli tarkibida alohida koʻrsatish, unda oʻziga xos kuy tuzilmalarini badiha tarzida chalish usullari Abduhoshim Ismoilov, A. Dadayev va boshqa ijrosida ommalashgan. Zamonaviy texnika vositalari (masalan, qisqa choʻzimli tovushlarni ishlatish yoʻllari) keng kirib kelib, polifoniya va polimonodiya xususiyatlaridan foydalanilmoqda.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
G‘ijjak – bu o‘zbek folklorida va adabiyotida muhim o‘rin tutadigan tushuncha bo‘lib, asosan yoshlar orasida ishlatiladigan so‘zdir. G‘ijjak asosan “qizaloq” yoki “qiz bolaning bolaligidagi yoshlik” ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘z yosh, energiyaga to‘la qizlarni ifodalashda qo‘llaniladi va ular faollik, shijoat, nolish, shirin so‘zlash kabi sifatlar bilan bog‘lanadi.
Quyida g‘ijjak so‘zining ba’zi jihatlari haqida kengroq ma’lumot keltiraman:
-
Lisoniy ma’nosi
G‘ijjak so‘zi o‘zbek tilida qiz bolaning yoshlik davrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ko‘pincha o‘nlab yoshdagi yiyib-tarbiya ko‘rgan, qiziqishlarga to‘la, ko‘pincha kichik g‘iybatlar yoki ertaklardagi qahramon sifatida ham namoyon bo‘ladi.
-
Folklordagi o‘rni
O‘zbek xalq ertaklari va she’riyatida g‘ijjak ko‘p uchraydi. Ko‘plab ertaklarda qahramon qizaloqning sarguzashtlari, uning g‘ijjakligi va shijoati ta’riflanadi. Bu so‘z bolalikning tabiiy faolligi, qiziqishi va ba’zan shovqini ramzi sifatida tan olinadi.
-
Adabiyotdagi ta’siri
O‘zbek adabiyotida ham g‘ijjak personaji yoshlikning ramzi sifatida ishlatilgan. Bu qiz aloqa qilishni, ishtiyoq, his-tuyg'ularni ifodalash uchun ishlatiladi. Aksariyat hollarda u mustaqil, hayotga qiziqqan va ba’zan ozgina mayda-nolishlari bilan tasvirlanadi.
-
Madaniy nuqtai nazar
O‘zbek jamiyatida g‘ijjak qizni asta-sekin kattalikka kirish davridagi qilinadigan o‘zgartirishlar, tarbiya jarayoni va oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning belgisi sifatida qaraladi. Urf-odatlarda g‘ijjak qizning avvalgi bolalik davri tengdoshlari bilan o‘rtasidagi o‘ziga xos aloqalariga ishora qiladi.
-
Zamonaviy ishlatilishi
Bugungi kunda "g‘ijjak" so‘zi ko‘proq kulgili, ba’zan mayna qiluvchi, bolalarcha fe’l-atroflarni ta’riflash uchun ishlatiladi. Mashhur madaniyatda bu so‘z yosh qizlarni ifodalashda, ularning harakatlarining samimiy va tabiiyligini ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, g‘ijjak so‘zi O‘zbek tilida faqatgina yosh qizni emas, balki uning tabiati, shijoati, ballosi va ba’zan mayda-nolishlarini ham ifodalovchi boy va ko‘p qatlamli tushunchadir. Bu so‘z, ayniqsa, o‘zbek xalq madaniyatidagi yoshlik, bolalik va qizlarning tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir.