Gidrosfera




Gidrosfera (qadimgi yunoncha: ὕδωρ (húdōr) — „suv“, and σφαῖρα (sphaîra) — „shar“) — Yer kurrasidagi barcha suv — okean va dengizlar, daryo, koʻllar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui. Koʻpincha, gidrosfera deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu — xato. Gidrosferaning umumiy hajmi 1 491 049 ming km.

Ggidrosfera Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 million km) ning 361 million km ni, yoki 71% ni gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6% chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 million km, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4% ini, quruqlik maydonining 14% ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8%, vodorod — 10,8%, xlor va natriy — 2,95%. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz