Gidroksitoluollar
Krezollar , metilfenollar, gidroksitoluollar,SN3S6N4ON — rangsiz kristallar yoki suyuq moddalar, fenolning yaqin go-mologlari. Mol.m. 108,143 ta: orto-, meta-va paraizomeri bor.
K. etanol, dietilefir benzol, xloroform, atsetonda yaxshi eriydi. Suvda va ishqor eritmalarida eritilganda krezolyatlar hosil qiladi. K. — fenolga oʻxshash kuchsiz kislotalar. Toshkoʻmir smolasida boʻladi. Texnik K. — trikrezol — uchta izomer aralashmasidan iborat.Toshkoʻmir, slanets yoki torf smolalari haydalganda ajralib chikadi. Zaharli, odam terisiga yomon taʼsir qiladi. Fenolaldegid smolalar dezinfeksiya vositalari, plastmassalar (bakelitlar), portlovchi moddalar, boʻyagichlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org