Gidrogeologik Profil




Gidrogeologik kesim , gidrogeologik profil — yerning maʼlum qismidagi, maʼlum yoʻnalishidagi suvli gorizontlar va suv oʻtkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. G. k. burga quduqlari qazish natijasida olingan maʼlumotlarga asoslanib tuziladi. G. k.da yer osti suvlari sathining yer ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yoʻnalishi va qatlamlarni tashkil etgan togʻ jinsining geologik yoshi koʻrsatiladi. Odatda, G. k. geologik kesim bilan birgalikda suv bosgan shaxta va karyerlarda konchilik ishlari rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz