GIDRADENOMA



GIDRADENOMA — ter bezlaridan rivojlanadigan xavfsiz o’sma. Ko’proq xotin-qizlarda uchraydi. Qovoqda, bo’yinda, ko’krakning yon va old tomonida paydo bo’ladi. Kichik, ba’zan no’xatdek, tuxumsimon yoki dumaloq, qizg’ish-sariqdan sariq-qo’ng’ir ranggacha, qattiqroq bo’ladi, normal teri sathidan deyarli ko’tarilmaydi, so’rilib ketmaydi, xavfli o’smaga ham aylanmaydi. Jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz