Giannis Gianniotas
Giannis Gianniotas (talaffuzi: Yannis Yanniotas; 1993-yil 29-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi, Superliganing „Levadiakos“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Aris
Neochorida tugʻilgan Gianniotas faoliyatini Arisning yoshlar jamoalarida boshlagan. 2011-yilda yangi bosh murabbiy Michał Probierz uni asosiy jamoaga oʻtkazdi va 2011-yilning 5-noyabrida Olimpiacosga qarshi oʻyinda debyut qildi. Arisdagi birinchi golini OFI Kritga qarshi oʻyinda kiritdi. Ushbu goli uchun Gretsiya Superligasida 10-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. „Levadeyakos“ darvozasiga yana bir gol urdi va bu gol 4-turning eng yaxshi goli deb topildi. Panetolikosga qarshi mehmonda ham gol urdi, lekin 5:1 hisobida yutqazishdi. Jami 19 ta oʻyinda maydonga tushib 3 ta gol urgan.
Fortuna Düsseldorf
2013-yil iyun oyida Fortuna Düsseldorfga oʻtdi. Avvalgi klubi Aris bu transfer uchun 450 ming yevro oldi. Gianniotas 22-raqamli futbolkani tanladi va 2016-yilgacha shartnoma imzoladi. 2014-yil 30-avgustda Gretsiya birinchi divizioni vakili Asteras Tripoliga ijaga oʻtdi. Shartnoma boʻyicha 2015-yil 30-iyungacha oʻynashi kerak edi.
Asteras Tripolis 2015-yilning 22-martida klubdagi ajoyib mavsumdan soʻng Gianniotas Asteras Tripolis klubiga qoʻshildi.
Olympiacos
17-iyun kuni "Olympiacos" „Fortuna Düsseldorf“dan Gianniotas sotib olib, oʻz tarkibiga yana bir yuqori saviyali yunon iqtidorini qoʻshdi.
APOEL 2015-yilning 31-dekabrida Gianniotas Kiprning APOEL klubiga 2015—2016-yilgi mavsum oxirigacha olti oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. 2016-yilning 10-yanvarida Aris Limassolga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi. 2016-yilning 17-yanvarida Kipr birinchi divizioni vakili Enosis Neon Paralimniga qarshi APOELdagi birinchi rasmiy golini kiritdi. Jamoa 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Real Valladolid 2017-yil 25-avgustda Gianniotas „Real Valladolid“ga mavsumiy ijara asosida oʻtdi.
AEK Afina
2018-yil 29-avgustda Gianniotas AEK Athensga tekinga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi. 2018-yil 31-oktabr kuni Gianniotas klubdagi birinchi golini urdi.
Apollon Limassol
2019-yil 27-iyunda Apollon Limassol Gianniotasni ikki yilga ijaraga oldi.
Apollon Smirnis
2022-yil 4-yanvar kuni Gretsiyaning „Apollon Smyrnis“ klubi oʻzining rasmiy sayti orqali „Apollon Limassol“dan Giannotasni tekinga olgani haqida xabar berdi. Qanot futbolchisi tibbiy koʻrikdan oʻtib, Gretsiya klubi bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Xalqaro martaba
Gianniotas xalqaro maydondagi debyutini 2015-yilning 29-martida, Yevro-2016 saralashi doirasida Gretsiyaning Vengriyaga qarshi safarda (0:0) oʻyinida oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
12-fevral, 2022-yil holatiga koʻra
Xalqaro
28-mart, 2018-yil holatiga koʻra[15]
Xalqaro gollari Ballar va natijalar birinchi boʻlib Gretsiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[16].
Yutuqlari
APOEL
Xalqaro
Gretsiya U19 Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org