Gianni Rodari




Giovanni Francesco „Gianni“ Rodari (23-oktabr 1920-yil — 14-aprel 1980-yil) — italyan yozuvchisi. Qarshilik koʻrsatish harakati qatnashchisi. Ilk „Quvnoq sheʼrlar kitobi“ (1951) toʻplami bolalar hayotiga bagʻishlangan. Yengil vaznli hajviy oʻynoqi sheʼrlari, nasriy asarlari folklor anʼanalari ruhida. „Chipollinoning boshidan kechirganlari“ (1951) ertakqissasi ayniqsa mashhur.

Asar qahramonining afsonaviy mamlakatdagi gʻaroyib sarguzashtlari fantaziya va hajv unsurlari vositasida yoritilgan. „Fantaziya grammatikasi“ (1973) kitobi muallifi. „Chipollinoning boshidan kechirganlari“ (1955), „Salom bolalar“ (1956), „Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatida“ (1962), „Telefonda aytilgan ertak“ (1971) va boshqa asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Manbalar




Qoʻshimcha maʼlumot




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz