Gianluca Gaudino
Gianluca Gaudino (talaffuzi: Janluka Gaudino; 1996-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Shveysariyaning Lozanna-Sport klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Bayern
Gaudino, „Bayern“ akademiyasining yosh mahsuli. 2014—2015-yilgi mavsumda asosiy jamoaga oʻtdi. 2014-yilning 13-avgustida Germaniya Superkubogida asosiy tarkibdagi debyutini oʻtkazdi va toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. „Bayern “ Dortmundning „Borussia“siga 2 – 0 hisobida magʻlub boʻldi. 2014—2015-yilgi Bundesliga mavsumining birinchi davrasida VfL Wolfsburgga qarshi oʻyinda debyut qildi. Uchrashuvda „Bayern“ 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va Gaudino klub tarixidagi toʻrtinchi eng yosh debyutantga aylandi. Gaudino Chempionlar Ligasidagi debyutini 2014-yilning 10-dekabrida Moskvaning CSKA jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Jamoa uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2015—2016-yilgi mavsumda oʻrinbosarlar jamoasida oʻynadi va 19 ta oʻyinda maydonga tushdi.
St. Gallen (ijaraga) Gaudino 2016-yilning 9-yanvarida 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha „St. Gallen“ klubiga ijaraga berildi.
Chievo
2017-yil iyun oyida Gaudino A Seriyaning „Chievo Verona“ jamoasiga qoʻshildi. 2018-yilning avgustida Gaudino va klub shartnomani oʻzaro bekor qilishga kelishib oldilar.
Young Boys
2019-yil 8-yanvarda Gaudino Shveysariyaning „Yung Boys“ klubiga qoʻshildi. „Young Boys“ bilan 12-aprel kuni chempionlikni qoʻlga kiritdi. Shveysariya Superligasining 2019—202-yilgi mavsumida Gaudino „Young Boys“da jami 34 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urdi. Shveysariya ligasi va Shveysariya kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritish yoʻlidagi asosiy oʻyinchiga boʻldi.
Lausanna-Sport
Gaudino 2022-yil 29-iyun kuni Shveysariya Challenge Ligasi „Lausanne-Sport“ klubiga qoʻshildi.
Shaxsiy hayoti
Gaudino Gessenning Hanau shahrida tugʻilgan. Otasi Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mauritsio Gaudino. Italiyalik bobosi va buvisi tufayli u Germaniya hamda Italiya terma jamoasida oʻynash huquqiga ega.
Faoliyat statistikasi
1-iyul, 2021-yil holatiga koʻra
Yutuqlari
Bayern Young Boys Manbalar
uz.wikipedia.org