Giampiero Boniperti
Giampiero Boniperti (italyancha: Giampiero Boniperti)—Italiya sport va siyosiy arbobi.Boniperti 1928-yil 4-iyulda Italiyaning Barengo shaxarchasida tugʻilgan.U butun futbolchilik faoliyatini "Yuventus" da oʻtkazdi.U faoliyati davomida beshta A Seriya va ikkita Italiya kubogini qoʻlga kiritgan.Shuningdek,u Italiya terma jamoasida xalqaro miqyosda oʻynagan.1950 va 1954-yillarda Jahon chempionatlarida va 1952-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarining final bosqichlarida Italiya terma jamoasi safida ishtirok etdi.Professional futboldan ketgandan soʻng Boniperti „Yuventus“ bosh direktori va raisi, keyin esa Yevropa parlamenti deputati boʻlib ishlagan.
Bonipertini bir qancha ekspertlar jumladan Mario Skonserti Italiya va „Yuventus“ning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida baholaydi.Bruno Nikol kabi baʼzi sportchilar tomonidan barcha davrlarning eng zoʻr italiyalik futbolchisi deb eʼtirof etiladi. Barcha musobaqalarda urilgan 182 ta golli rekordi 2006-yil 10-yanvarga kelibgina Alessandro Del Pero tomonidan yangilangan.40 yildan ortiq vaqt davomida „Yuventus“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan Bonipertining rekordi shu tariqa yangilandi. 2010-yil 14-fevralda Del Pero A Seriyadagi 444-oʻyinida „Jenoa“ qarshi oʻtkazib 3:2 hisobda gʻalaba qozondi va oʻyin oʻtkazish boʻyicha Boniperti rekordini yangiladi. „Yuventus“ tarkibida 443 ta oʻyin oʻtkazgan Boniperti hozirda Del Pero va Janluiji Buffondan soʻng uchunchi oʻrinda bormoqda. Boniperti shuningdek „Yuventus“ futbolchisi sifatida A Seriyada eng koʻp daqiqa oʻynagan rekordini ham qoʻlga kiritdi (39680).Uning rekordini 2017-yil 19-martida Buffon „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinning 66-daqiqasida yangilanadi. Boniperti A Seriyada oʻn birinchi toʻpurar hisoblanadi.2004-yil mart oyida Pele uni FIFA 100 roʻyxatiga kiritdi.
Tarjimai holi
Sportdagi yutuqlari
U faoliyati davomida 182 ta gol urgan.40 yil davomida u „Yuventus“ning eng sermahsul futbolchisi hisoblangan.2006-yil Alessandro Del Perodan keyin eng sermaxsul ikkinchi futbolchi boʻldi.
Pele FIFA 100 roʻyxatiga Bonipertini kiritgan boʻlib, unda 125 ajoyib futbolchi bor edi.
Mukofotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org