Gia Crovatin




Gia Alessandra Crovatin  — amerikalik aktrisa va produser. U 2015-yilgi Dirty Weekend komedik filmidagi Dylan roli orqali hamda „I Feel Pretty“ komediyasidagi Sasha rollari bilan mashhur.

Uning televizion rollari orasida Billy & Billie (2015—2016) komediyasidagi Drew „Van Helsing“ triller teleserialida Anastasia (2016—2017), Billions (2017—2018) teleserialidagi McKayla hamda Devonne Wilson roli bilan „Hightown“ (2020—2020) kabi teleserial hamda filmlar oʻrin olgan.

U tez-tez rejissyor Neil LaBute tomonidan sahnalashtirilgan spektakllarda ishtirok etib turadi.

Faoliyati



2008-yilda Crovatin The Conservatory qisqa metrajli filmida rol oʻynaganida ekrandagi dastlabki debyut rolini ijro etadi. Keyingi yili u Coffeeʼs Better Without Dinner qisqa metrajli filmida Malerii rolini oʻynaydi.

Shundan soʻng, aktrias Metthew Broderick va Alise Eve ishtirokida suratga olingan 2015-yilgi Dirty Weekend komedik filmida Dylan Price rolini ijro etaadi. Crovatin 2015-yildan 2016-yilgacha 9ta epizod uchun Billy & Billie komedik teleserialida Drew rolini gavdalantiradi.

2016-yildan 2017-yilgacha boʻlgan davr mobaynida ushbu aktrisa 4ta epizod uchun Van Helsing triller serialida Anastasia rolini oʻynaydi. 2017-yildan 2018-yilgacha u Billions dramayik teleseriali davomida McKayla rolida 5ta epizodda koʻrinish beradi. 2018-yilda Crovatin Amy Schumer ishtirokidagi I Feel Pretty komediyasida Sasha rolini ijro etadi.

2020-yilda esa Hightown dramatik seriali Monica Raymund obrazining dugonasi rolini oʻynaydi. Oʻsha yili u COVID-19 pandemiyasida sahnalashtirilgan "True Love Will Find You in the End spektaklida bosh qahramonning turmush oʻrtogʻi rolini ijro etadi.

Shaxsiy hayoti



2017-yil New York shahridagi ayollar marshi




Aktrisa Crovatin New York shahrida Donald Trumpning inauguratsiyasidan keyin ikki kun davom etgan 2017-yilgi ayollar marshida ishtirok etgan.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz