Ghostemane
Eric Whitney (1991-yil 15-aprelda tugʻilgan); professional sifatida
Ghostemane (talaffuzi: Gostemeyn) yoki
Erik Ghoste nomi bilan tanilgan — amerikalik reper, qoʻshiqchi va bastakor. U oʻzining Ghostemane taxallusi ostida sakkizta yakkaxon albom va uchta hamkorlikdagi albomlar chiqargan. Birinchi navbatda, ogʻir metal, hip-hop va sanoat musiqasi elementlarini birlashtiradi. Whitney, shuningdek,
Baader-Meinhof sifatida Black metall, GASM sifatida shovqin musiqa va
Swearr sifatida elektron musiqa kabi uslublarni targʻib qilib, bir qator qoʻshimcha yakkaxon loyihalari bilan musiqa chiqaradi. U oʻz karerasini Florida atrofidagi mahalliy hardkor punk va doom metal guruhlarida boshlagan. 2015-yilda u Los-Anjelesga (Kaliforniya) koʻchib oʻtadi va
Ill Bizz taxallusi ostida reper sifatida faoliyatini boshlaydi. Taxminan oʻsha paytda u Schemaposse hip-hop jamoasining aʼzosi boʻlgan.
Ghostemane trap va metallni birlashtirgani unga SoundCloud'da mashhurlikka erishishiga yordam beradi. 2018-yilda Ghostemane oʻzining yettinchi studiyaviy albomi N/O/I/S/E ni chiqaradi va u sanoat hamda nu metalning kuchli taʼsiri tufayli undeground musiqa sahnasida oʻzini namoyon qiladi.
Yoshligi
Eric Whitney 1991-yil 15-aprelda Florida shtatining Lake-Worth shahrida Nyu-Yorklikliklar oilasida tugʻilgan. Whitney Florida shtatidagi West Palm Beach shahrida oʻsib ulgʻaygan. Oʻsmirlik chogʻida u asosan hardkor punk musiqasiga qiziqardi. U gitara chalishni oʻrganadi va bir nechta guruhlarda jumladan Nemesis va Seven Serpentsda chiqish qiladi. U oʻrta maktabda oʻqib yurganida ham futbol oʻynagan va Whitney oʻn yetti yoshida vafot etgan otasi uni amalda majburlaganini taʼkidlaydi.
Whitney rap musiqasi bilan Nemesis hardkor punk guruhida gitarachi boʻlganida tanishgan va guruh sherigi uni Memphis rap bilan tanishtirgan.
Faoliyati
Musiqiy karerasidan oldin Uitni bir nechta B2B savdo lavozimlarida ishlagan. 2015-yilda Whitney Florida shtatining janubida musiqiy jihatdan rivojlanmaganligi sababli Los-Anjelesga (Kaliforniya) koʻchib oʻtadi. U ishidan ham voz kechadi. JGRXXN bilan uchrashib, Whitney Craig Xen va Lil Peep kabi reperlarni oʻz ichiga olgan Schemaposse jamoasiga qoʻshiladi.
2016-yil aprel oyida, atigi 1 yil oʻtgach, Whitney Schemaposse guruhini tark etadi. Keyinchalik, u oʻzi ishlab chiqargan „Blackmage“ albomini va „John Dee“ yakkaijrosi bilan birinchi kinematik musiqiy klipini chiqaradi. Oxir-oqibat Whitney Floridalik reper Pouya bilan muloqot qila boshlaydi. Pouya 2017-yil aprel oyida Ghostemane bilan „1000 Rounds“ videosini chiqaradi. Video tezda internetga tarqaladi va 2021-yil may oyi holatiga koʻra 29 milliondan ortiq koʻriladi.
2017-yil oxirida TRASH GANG jamoasi oʻzining „Mercury: Retrograde“ qoʻshigʻi uchun 1930-yillarda multfilm tahrirlangan musiqiy videoni yaratib, chiqarganida Whitney katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu multfilm 1933-yilda suratga olingan Betti Boop’ning qisqartma shakli — Snow-White boʻlib, unda Koko Sent-Jeyms kasalxonasida qoʻshiq kuylayotgan Cab Calloway tasvirlangan. Oʻshandan beri video 419 milliondan ortiq koʻrishga erishadi va bu uning eng mashhur singliga aylanadi.
2018-yil oktyabr oyida u Zubin bilan hamkorlikda Broken nomli trekni chiqaradi. Shuningdek, 2018-yilda u oʻzining yettinchi studiyaviy albomi N/O/I/S/E ni chiqaradi. Unda koʻplab qoʻshiqlar industrial metal, nu metal, Metallica, Merilin Manson va Nine Inch Nails yaratiladi. 2020-yil may oyida u oʻzining soʻnggi loyihasini, „Baader-Meinhof“ nomli black metall guruhini ommaga eʼlon qiladi. Ghostemane, shuningdek, oʻzining sobiq xotini Poppy’ning 2020-yil dekabr oyida chiqarilgan " A Very Poppy Christmas " nomli Rojdestvo EP albomining produseri hisoblanadi.
2021-yilda Nik Sinelli rejissori Ghostemanening „AI“ musiqiy videosi Berlin Music Video Awards marosimida "Most Bizarre" nominatsiyasiga nomzod boʻladi.
Badiiylik
Lirik jihatdan Ghostemane mavzulari okkultizm, depressiya, nigilizm, oʻlim va illuminizmga qaratilgan. U oʻz karerasini hardkor punk guruhlarida gitara chalish va doom metal guruhlarida baraban chalish bilan musiqachi sifatida boshlagan. Uning taʼkidlashicha, uning eng katta taʼsiri black metal guruhi Bathory’dir. U oʻsmirlik yillarining koʻp qismini Deicide, Death, Carcass va Mayhem kabi ekstremal metal guruhlarini tinglash bilan oʻtkazadi. Rep musiqasi nuqtai nazaridan Ghostemane Outkast va Three 6 Mafia kabi janubiy rap guruhlari taʼsiri ostida boʻladi. U shuningdek, Midwest rap guruhi Bone Thugs-n-Harmonyni dastlabki taʼsir sifatida keltiradi.
Shaxsiy hayoti
2019-yil oktabr oyidan boshlab Ghostemane musiqachi va YouTuber Poppy bilan uchrashishni boshlaydi. 2020-yil iyul oyida Poppi ijtimoiy tarmoqlarda ikkalasi unashtirilganligini eʼlon qiladi. Er-xotin 2021-yil oxirida ajralishadi.
Orqa tasma
Joriy[35][36]
Oldingi[37]
Diskografiyasi
Ghostemane sifatida
Studiya albomi Hamkorlikdagi ijrolar Kompilyatsiyalar Kengaytirilgan ijrolar Miksteyplar Ill Biz sifatida
Miksteyplar GASM sifatida
SWEARR sifatida
Kengaytirilgan ijrolar Baader-Meinhof sifatida
Kengaytirilgan ijrolar Nemesis bilan
Kengaytirilgan ijrolar Seven Serpents bilan
Kengaytirilgan ijrolar Erik Ghoste sifatida
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org