Ghenadie Moșneaga




Ghenadie Moșneaga (1985-yil 25-aprelda tugʻilgan, Kishinyov, Moldaviya SSR) — moldaviyalik darvozabon. Hozirda u Tiraspolning „Dinamo-Auto“ jamoasida oʻynamoqda.

Futbolchilik faoliyati



U oʻz faoliyatini 2009-yilda Dacia Kishinyovda boshlagan. Dacia jamoasi safida ikki mavsum davomida, 2010/11-yilgi mavsumda chempionlik va 2009/10-yilgi mavsumda esa mamlakat kubogi sohib boʻldi. 2011-yilgi mavsum oldidan Dacia jamoasidan „Sfintul Georghe“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Sfintul Georghe klubi safida bir mavum davomida toʻp surgach, 2012-yilgi mavsum oldidan „Speranța Crihana Veche“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Crihana Veche shahri jamoasida uzoq vaqt toʻp surmadi va mavsum oxoirda klubni tark etdi. 2013-yilgi mavsum olddan sobiq jamoasi Dacia klubi safiga qaytdi. Bu safargi jamoaga qaytish avvalgisi kabi muvaffaqiyatli boʻlmadi. Kishinyiv jamoasida ham bir mavsum toʻp surganidan soʻng, 2014-yilgi mavsumida Moldovaning shimoliy Bălţi shahrining FC Bălți jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2015-yilda Oʻzbekiston Superligasi jamoasi „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan Moșneaga „Andijon“ jamoasi safida bir mavsumda 28 ta uchrashuvda harakat qilib, 6 ta oʻyinda oʻz darvozasin daxlsizligi saqlab qoldi. Ammo mavsum yakunida musoboqaning eng yazxshi darvozabonlaridan birga aylanganiga qaramay klubni tark etdi..

Faoliyat statistikasi



U faoliyati davomida Moldova Oʻzbekiston milliy ligalarida toʻp surdi. Yuqori ligalarda 150 dan oshiq oʻyida qatnashib 40 ga yaqin oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizlgini saqlab qolgan.

Yutuqlar



Klub



Dacia

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz