GEYROVSKIY (HEYROVSKY) YAROSLAV (1890.29.12 – Praga – 1967.27.3) Chex kimyogari. Chexoslovakiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1952 yildan). Praga universiteti professor (1922 yildan), Praga fizika-kimyo instituti, Praga Davlat polyarografiya instituti direktori (1950 yildan), 1964 yildan mazkur institut uning nomi bilan atalgan. Tadqiqotlarning polyarografik usuli asoschisi. Yapon olimi M. Shikata bilan hamkorlikda analitik kimyo uchun birinchi polyarograf yasagan. Nobel mukofoti laureati (1959).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish