Geynsboro Tomas




Thomas Gainsborough (talaffuzi: Tomas Geynsboro; 1727, Sadberi, Suffolk — 1788.2.3, London) — ingliz rangtasvir rassomi. 18-asr ingliz portret maktabining yirik namoyandasi. G. ijodini manzaralar chizish bilan boshlagan („Kornard oʻrmoni“, 1748), dastlabki portretlari samimiy jozibasi bilan koʻzga tashlanadi. 70-yillarda A. van Deyk, A. Vatto taʼsirida yetuk portretchi-rassom sifatida shakllangan. Qahramonlari boy maʼnaviyati, ichki erkinlik, favqulodda holatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oʻsmirlar va ayollar jozibali va nozik tasvirlangan („Koʻk kiyimli bola“, 1770; „Sara Siddons portreti“, 1784—85). Rasmlari orasida manzara va dehqonlar hayotidan ishlangan lavhalar muhim oʻrin tutadi („Bozorga borayotgan arava“, 1786 va b.).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz