Geteromorfoz




Geteromorfoz (yun. heteros — boshqa, boʻlak va morphe — shakl) — hayvonlarda olib tashlangan organning regeneratsiya yoʻli bilan unga oʻxshamaydigan boshqa biriga almashinishi. Mas, oʻn oyoqpi qisqichbaqasimonlarda yoʻqotilgan poyachali murakkab koʻzlarining oʻrniga moʻylovlar oʻsib chiqishi yoki boshi qirqib tashlangan yomgʻir chuvalchangi boshining oʻrniga dum qismining oʻsib chiqishi va h.k. G. bir hujayrali sodda hayvonlardan boshlab xordalilargacha boʻlgan koʻpchilik hayvonlar uchun xos, lekin koʻproq tuban organizmlarda uchraydi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz