GETEROKARPIYA (getero… va Yunoncha karpos — meva) — o’simlikning bitta turida shakl va fiziologik xususiyatlari bilan o’zaro farq qiladigan har xil mevalar bo’lishi. Geterokarpiya asosan yopiqurug’li o’simliklarda bo’ladi. Tipik Geterokarpiya tirnoqgullar (kalendulalar) da kuzatiladi, bunda bir xil mevalar hayvonlar orqali, boshqalari shamol bilan tarqalishga moslashadi. Asosan cho’lda o’sadigan bir yillik hamda efemer o’simliklar Geterokarpiya bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish