Getashen vino




Getashen  — Armanistonda ishlab chiqarilgan sharob turi. Desert navli qizil sharob.

Tavsifi



Nozik guldasta va rezavorli piyozsimon nimtaʼmli Getashen sharobi „Cahors“ sharoblarining bir turi boʻlib, yoqutranglidan toʻq yoqutrangligacha tusga ega.

Xususiyatlari




Ishlab chiqarilishi



Getashen Kahegh (Kakhet) va Sev Khagog uzum navlaridan tayyorlanadi. Bu uzum navlari Armanistonning Artashat tumanida yetishtiriladi. Mevalar sharobni tayyorlash uchun uzumdagi shakar miqdori kamida 22-23 % va umumiy ishqoriyligi 4-5 g/l boʻlgan holda yigʻib olinadi. Terib olingan uzum qayta ishlashga yuborilgandan soʻng, mevalar orasida oq navlar boʻlmasligi uchun saralanadi. Uzum maydalagichdan oʻtkaziladi. Ezilgan uzum quyqalari burama naychalar oʻrnatilgan idishlarga quyiladi. Keyin 60-65°C gacha haroratdagi bug yordamida isitiladi. Ushbu massani isitish vaqtida turli usullar bilan aralashtirish amalga oshiriladi: qoʻlda va mexanik mikser bilan, shuningdek, havo kompressori yordamida. Ishlab chiqarish jarayonining uzoq davom etishiga qaramay, bu usulning ijobiy tomoni shundaki, urugʻlar maydalanadi va poʻsti kamroq eskiradi. Yuqori harorat tufayli uzum shirasi rang beruvchi va ekstraktiv moddalarni faol ravishda ajratadi. Uzum shirasi yetarli tusga kirgach, isitish toʻxtatiladi. Keyin, hosil boʻlgan mahsulot tozalash maqsadida har xil filtrlardan oʻtkaziladi va bochkalarga quyiladi. Soʻngra, ularda 3 yil davomida tindiriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz