Gerson Torres




Gerson Torres Barrantes (talaffuzi: Gerson Tores Barantes; 1997-yil 28-avgustda Kosta Rikada tugʻilgan) — Kosta Rikalik futbolchi, „Herediano“ futbol klubi va Kosta-Rika terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Gerson Torres faoliyatini „Belém“ futbol klubida boshlagan. 2015-yilning 23-aprelida u Kosta-Rika chempionatida „Pérez Zeledón“ futbol klubiga qarshi oʻyinning ikkinchi bo‘limida Keven Aleman o‘rniga maydonga tushgan va shu tariqa jamoada debyut qilgan. 2016-yilning 18-yanvarida „Deportivo Saprissa“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Gerson Torres „Belém“ futbol klubi safida ilk golini urgan.

Oʻsha yilning yozida Gerson Torres „Herediano“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 17-iyul kuni „Pérez Zeledón“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. „Carmelita“ futbol klubiga qarshi bahsda Gerson Torres „Herediano“ safida birinchi golini urgan.

2017 yil boshida Gerson Torres meksikaning „América“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 2017-yilning 2-martida Gerson Torres Meksika kubogi doirasidagi „Santos Lagun“ futbol klubiga qarshi o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qilgan. 24-noyabr kuni „Cruz Azul“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



2017-yil boshida Gerson Torres milliy terma jamoaning Panamada boʻlib oʻtadigan Markaziy Amerika kubogi uvhun bo`lib o`tadigan o`yin safiga kiritilgandi. 15-yanvar kuni Belizga qarshi turnir oʻyinida u Kosta-Rika terma jamoasi safida debyut qilgan. Gerson Torres Nikaraguaga qarshi bahsda ham oʻynagan.

2017-yilda Kosta-Rika yoshlar terma jamoasi tarkibida Gerson Torres Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Eron, Portugaliya, Zambiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yilning 17-noyabr kuni JCh-2022 saralashida Gondurasga qarshi o‘yinda Gerson Torres terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz