Gerson Rodrigues




Gerson Rodrigues Correia Leal (talaffuzi: Xerson Rodsiges Korreia Leyal) (1995-yil 20-iyunda tugʻilgan) — lyuksemburglik futbolchi, Ukraina Premer-ligasining „Dinamo Kyiv“ klubi va Lyuksemburg milliy futbol terma jamoasida va Lyuksemburg ligasi klubi boʻlmish „Al-Vehda“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Rodriges UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida oʻynagan va gol urgan birinchi lyuksemburglik futbolchidir.

Klubdagi faoliyati



Yoshlik yillari



Gerson Rodrigues oʻzining yoshlikdagi sport faoliyatini Fransiyadagi FC Metz jamoasida boshlagan. Gerson Rodrigues Metzda asosiy jamoa tarkibiga kira olmadi, lekin Lyuksemburgda FC Swift Hesperange, Racing FC Union Luxembourg CS Fola Esch klublari uchun futbol oʻynashni davom ettirdi.

2018-yil 30-yanvarda Rodriges „Sherif Tiraspol“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 10-iyulida Gerson Rodrigues UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichida Kutaisi "Torpedo "siga qarshi oʻyinda debyut qildi. Moldovada „Sherif“ bilan chempionlikni qoʻlga kiritgach, Rodriges 2019-yil 16-yanvarda " Jubilo Ivata " bilan shartnoma imzoladi. Gerson Rodrigues tezda „Jubilo“ning asosiy oʻyinchisiga aylandi va klub safida jami18 ta oʻyinda 7 ta gol urdi.

Dinamo Kyiv



2019—2020-yilgi mavsum
2019-yilning 2-avgustida Rodriges Kyivning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yilning 31-yanvarida Rodriges mavsumning qolgan qismi uchun Turkiya Superligasi aʼzosi Anqaragyuju jamoasiga ijaraga oʻtdi. Rodriges va jamoadoshi Ante Kulushich 2020-yil iyul oyida ushbu jamoa safida mashgʻulotlarda ishtirok etishgan. Ammo Gerson Rodrigues „Galatasaroy“ jamoasiga qarshi oʻyin uchun Dinamo tarkibidan chetlatildi va keyinchalik uning ijarasi tugatildi. Anqaraguju jamoasi safida Rodriges 11 liga oʻyinida 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

2020—2021-yilgi mavsum
2020-yil 25-avgust kuni boʻlib oʻtgan Ukraina Superkubogida Rodriges raqib „Shaxtyor“ jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi. 15-sentabr kuni UEFA Chempionlar ligasining 3-saralash bosqichida Gollandiyaning „AZ Alkmaar“ klubiga qarshi oʻyinda uning jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻsha oʻyinda Rodriges hisobni ochdi. Rodriges pley-off bosqichida Belgiyaning „Gent“ klubiga qarshi oʻyinda penaltidan gol urdi. Uning jamoasi umumiy hisobda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi va turninning guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Rodriges 20-oktyabr kuni Italiya peshqadami „Yuventus“ klubiga qarshi klubning guruh bosqichidagi birinchi oʻyinida maydonga tushdi va shu tariqa Chempionlar ligasi guruh bosqichida oʻynagan ilk lyuksemburglik futbolchiga aylandi.

Rodriges 2020—2021-yilgi mavsumda Ukraina Premer-ligasi va Ukraina kubogida qoʻsh chempionlikni qoʻlga kiritgan „Dinamo Kyiv“ jamoasining muhim aʼzosi edi.

2021—2022-yilgi mavsum
2021-yil 31-avgustda Rodriges Liga 1ning yangi jamoasi „Troyes“ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Klub mavsum oxirida shartnomani doimiy qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 7-mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan xorijlik futbolchilarning Ukrainadagi barcha shartnomalari 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻxtatilganini va shu kungacha Ukrainadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashiga ruxsat berilganini eʼlon qildi. 2022-yil 30-mart kuni Rodriges Turkiyaning Eyüpspor klubi bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar yuqoridagi yangi qoidadan foydalangan holda shartnoma imzoladi.

Xalqaro maydonda



Rodriges 2017-yilda Lyuksemburg terma jamoasi safida debyut qilgan. 2019-yil 21-mart kuni Gerson Rodrigues milliy terma jamoa safida birinchi golini Litva milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda urgan. Oʻsha oʻyinda Lyuksemburg terma jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2021-yilning 27-martida Rodriges 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Irlandiyaga qarshi oʻyinda (1:0) mashhur gʻalaba keltrigan yagona golni kiritdi. Uch kundan soʻng, Rodriges Lyuksemburg terma jamoasi safida oʻzining tugʻilgan mamlakati Yevropa chempioni Portugaliya terma jamaosiga qarshi oʻyinda hisobni ochgan golini urdi, ammo uning jamoasi yakunda 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi

Faoliyat statistikasi



Klub



2021-yil 18-avgust holatiga ko`ra

Xalqaro maydonda



2022-yil 25-sentabr holatiga ko`ra[20]

Yutuqlari



Sherif Tiraspol

Dinamo Kyiv

Manbalar




Havolalar




Izohlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz