GERS VIBRATORI



GERS VIBRATORI, Gers dipoli — uchlarida metall sharlari bo’lgan va sharlar oralig’iga Rumkorf g’altagi ulangan mis sterjen ko’rinishidagi oddiy antenna; G. Gers elektromagnit to’lqinlarning mavjudligini tasdiqlovchi tajribalarida foydalangan (1888). Gers qo’llagan vibratorlarning eng kichigining uzunligi 26 santimetr bo’lgan; unda 5-yu8 Gts ga teng chastotali to’lqinlar hosil bo’lgan; bu to’lqinlarning uzunligi X — 60 santimetrga mos keladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz