Gerpetik keratit
Gerpetik keratit – Kasallik herpes simplex yoki herpes zoster viruslari tufayli yuzaga
keladi. Shox pardaning gerpetik shikastlanishi keratitning eng keng tarqalgan
turlari hisoblanadi. Birlamchi (virus bilan birlamchi infeksiya paytida yuzaga
keladi) va birlamchidan keyingi (latent virus infeksiyaga qarshi) gerpetik
keratit mavjud.
Birlamchi keratit – terining, konyunktiva va tananing boshqa
joylarini, shilliq qavatini shikastlanishi bilan bogʻliq. Shox parda
sezgirligining pasayishi kuzatiladi. Shox pardaning erta qon tomirlanishi
xarakterlidir.
Birlamchidan keyingi – keratit qattiq sovuq qotish, ogʻir umumiy
kasalliklar va immunitetning pasayishidan keyin rivojlanadi. Odatda
bitta koʻzda uchraydi. Shilliq qavat va koʻz qovoqlari terisining
jarohati, shox pardadagi qon tomirlar paydo boʻlishi xarakterli emas.
Birinchi hujum odatda shox pardaning yuzaki qismi boshlangʻich davrda
jarohat chuqurlashadi.
Yuzaki shaklida subepitelial nuqtali infiltratlar va pufakchalar bilan
xarakterlanadi va eroziya shaklida ochilib daraxt novdasiga oʻxshash koʻrinishda
paydo boʻladi–daraxtsimon keratit. Chuqur keratitlar iridotsiklit bilan uchraydi va ikki xil koʻrinishda
boʻlishi mumkin. etagerpetik keratit gʻadir – budur chuqur yarani chaqiradi.
Disksimon shaklidagi keratit esa shox pardaning chuqur qatlamlarida aniq
konturlari boʻlgan kulrang-oqish infiltratning paydo boʻlishi bilan
namoyon boʻladi.
Davolanishi
Etiotropik terapiya antivirusli dorilarni mahalliy va tizimli
qoʻllashni oʻz ichiga oladi: antimetaboliklar (3% asiklovir malhami), interferon
va interferonogenlar qoʻllaniladi.
uz.wikipedia.org