Gernot Trauner
Gernot Trauner (1993-yil 7-dekabrda Avstriya poytaxti Venada tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, „Feyenoord“ klubi va Avstriya terma jamoasi himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
Trauner „LASK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi va bitiruvchisi hisoblanadi. 2010-yilning 31-iyulida Avstriya Bundesligasida „Ried“ futbol klubiga qarshi debyut qildi. 2012-yilning yozida Trauner „Ried“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 1-sentabr kuni „Shturm“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi. 2015-yil 7-mart kuni „Grödig“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gernot „Ried“ jamoasi tarkibidagi birinchi golini urdi. 2017-yilning yozida Trauner „LASK“ futbol klubiga qaytdi. 2018-yilning 17-fevralida „Reindorf Altach“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gernot asosiy jamoa safida oʻzining birinchi golini urdi. 2019-yilning 12-dekabrida Yevropa Ligasi doirasida Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yana raqib jamoa darvozasiga chiroyli gol kiritgan. Shuningdek, 2020-yil 1-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida „Sporting“ futbol klubiga qarshi oʻyinda ham Trauner gol urishni uddasidan chiqqan.
2021-yilning yozida Trauner Gollandiyaning „Feyenoord“ jamoasiga oʻtdi. 15-avgust kuni „Villem II“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi.
Xalqaro faoliyati
2010-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Trauner Fransiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Angliya, Fransiya va Gollandiya milliy terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Inglizlar bilan kechgan oʻyinda Gernot amerikaliklar darvozasiga gol urdi.
2018-yilning 16-oktabr kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Trauner Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi. 2020-yil 11-noyabr kuni Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi bahsda Gernot terma jamoadagi ilk golini urdi.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org