Gernika (Pikasso)
"Gernika" (ispancha: Guernica) — Pablo Picassoning asari, 1937-yilning may oyida Ispaniya Respublikasi hukumati buyrugʻiga binoan chizilgan. Ushbu rasm Kubizm uslubida yaratilgan boʻlib, asarda axromatik ranglardan foydalanilgan. Asar mazmunida biroz oldin Gernikaning portlashi dahshatlari tasvirlangan.Parijdagi Butunjahon koʻrgazmasi uchun chizilgan. Koʻrgazmadan soʻng ushbu asar bir qator mamlakatlarda (asosan AQShda) namoyish etildi. Hozirda Madriddagi Reina Sofia muzeyida saqlanmoqda.
Yaratilish tarixi
"Gernika"ning yaralishiga Gernika shahrining portlashi sabab boʻldi. 1937-yilning 26-aprel kunida fuqarolar urushi paytida shaharga bir necha ming bomba tashlandi. Natijada shahar vayron boʻldi, 2000ga yaqin aholi vayronalar ichida qoldi. Bosqindan keyin shahar yana uch kun yondi. Gernikaning bombardimon qilinishi ushbu mashhur polotnoning yaratilishiga turtki boʻldi. Rasm bir oy davomida chizilgan.
Picasso oʻz ijodini Parijdagi Butunjahon koʻrgazmasida keng ommaga taqdim etadi, biroq aksariyat tomoshabinlarning munosabati rassomning kutganiga toʻliq mos kelmadi. Urushning dahshatlari oʻziga xos tarzda tasvirlangan asarni idrok qilishga mehmonlar tayyor emas edilar. Hattoki ekspertlar ham „Gernika“ni qabul qilishmadi: baʼzi tanqidchilar rasmning badiiyligini rad etib, „targʻibot hujjati“ deb atashdi, boshqalari esa asar mazmunini faqat maʼlum bir voqea doirasida cheklashga harakat qildilar va unda faqat fojia tasvirini koʻrishdi.
Baʼzi maʼlumotlarga koʻra , Parijni bosib olish paytida nemis zobitlari Picassoning oldiga kelishadi va rassomning stolidagi „Gernika“ning reproduksiyasini koʻrib qolishadi. „Buni siz qildingizmi?“ — soʻraydi ofitser. „Yoʻq, — javob berdi Picasso, — buni siz qildingiz“.
Tavsif
"Gernika" qora va oq rangda moyboʻyoqda boʻyalgan va oʻlchamlari 7,8 × 3,5 m. Ushbu asarda oʻlim, zoʻravonlik, vahshiylik, azob va nochorlik sahnalari, Gernikadagi zoʻravonlik va tartibsizlik tufayli azob chekayotgan odamlar, hayvonlar binolar tasvirlangan. Asarning oq-qora rangda chizilishi bir tomondan oʻsha davrning gazeta suratlariga xronologik yaqinligini bildirsa, ikkinchi tomondan, urushning jonsiz tabiatini aks ettiradi.
Rasmda tasvirlangan talqinlar
Eslatmalar
Havolalar
uz.wikipedia.org