Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi




 

Germaniya yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti (yoki Germaniya yil futbolchis i unvoni) (nem. Fußballer des Jahres) Germaniyada 1960-yildan beri berilib kelinmoqda. 1996-yilda Germaniya yilning eng yaxshi futbolchisi doirasida „Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi unvoni (nemischa: Fußballerin des Jahres) birinchi marta berildi. Har ikki mukofot nemis sport jurnalistlari assotsiatsiyasi (Verband Deutscher Sportjournalisten) va kicker (Sport jurnali) nashrining nemis futbol jurnalistlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida aniqlanadi. Germaniya yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nemis futbolchilari va Germaniyada oʻynayotgan nemis boʻlmagan futbolchilar nomzod boʻlishlari mumkin.

Hozirgi Germaniya yilning eng yaxshi futbolchisi unvonining egalari „RB Leyptsig“ jamoasidan Christopher Nkunku va „Bavariya“ jamoasidan Lea Schuller hisoblanadi. 2004-yilda braziliyalik Ailton Goncalves da Silva Germaniya yilning eng yaxshi futbolchisi sharafiga sazovor boʻlgan birinchi xorijlik futbolchi boʻldi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi




Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi




Sharqiy Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi



1949-yilda Germaniya okkupatsion zonalari ikki davlatga ajralgan holda qayta birlashtirilganda (Germaniya Federatsiyasi va Germaniya Demokratik Respublikasi), Germaniya futboli ham mos ravishda to 1991-yilga qadar, Germaniya qayta birlashtirilganga qadar, alohida-aloida Ligalarga boʻlindi. 1963-yildan 1991-yilgacha Die Neue Fußballwoche Sport nashri Sharqiy Germaniya (Germaniya Demokratik Respublikas)da yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini topshirgan. 1991-yilda Germaniya qayta birlashtirilganda Germaniya Demokratik Respublikasida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini bekor qilindi va umumiy „Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi“ unvoniga aylantirildi.

Sharqiy Germaniyada yilning eng yaxshi ayol futbolchisi




Manbalar




Yana qarang




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz