Germaniya imperatorlari




The Germaniya Imperatori (nemischa: Deutscher Kaiser, talaffuzi: [ˌdɔɪ̯t͡ʃɐ ˈkaɪ̯zɐ] ( tinglang)) Germaniya imperiyasi hukmdorining rasmiy unvoni. ushbu atama, Germaniya Imperiyasi konstitutsiyasiga ham kiritilgan va 1918-yil 28-noyabrda Vilgelm II rasman taxtdan voz kechgunga qadar amalda boʻlgan.

1918-yilgi inqilobdan keyin davlat boshligʻi Fridrix Ebertdan boshlab Reyx (nemischa: Reichspräsident) prezidenti deb yuritiladigan boʻldi.

Unvonning qabul qilinishi



Imperator unvoni Parijni qamal qilish paytida Versal saroyida Prussiya qiroli Vilgelm I imperator deb eʼlon qilingunga qadar davom etgan muhokamadan soʻng Prussiya vaziri va Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi kansleri Otto fon Bismark tomonidan ehtiyotkorlik bilan tanlangan. Vilgelm I18-yanvarda bu unvonni „Germaniya imperatori“ (nemischa: Kaiser von Deutschland) ni mamnuniyat bilan qabul qildi. Biroq, bu Janubiy Germaniya monarxlari uchun qabul qilib boʻlmas holat edi, chunki bu unvoni Prussiya qirolligidan tashqaridagi yerlarga (Avstriya, Shveytsariya, Lyuksemburg va boshqalar) ham daʼvo qilishini anglatardi.

Bir paytlar 1849-yilda Frankfurt parlamentida Prussiya qiroli oʻzini „nemislar imperatori“ deb eʼlon qilgani rad etilgandi. Umuman olganda, Vilgelm konstitutsiya bilan yaratiladigan sunʼiy (Napoleonnikiga oʻxshash) imperatorlik tojidan norozi edi.

Imperiya konstitutsiyasiga koʻra, imperiya Prussiya qirolligi ostidagi davlatlar federatsiyasi edi. Imperatorlik toji toʻgʻridan-toʻgʻri Prussiya tojiga bogʻlangan edi — ushbu faktorni Vilgelm II Birinchi jahon urushidan keyin ham taʼkidlagandi. Urush tugashi bilan u imperator boʻlib qola olmasligini tan oldi, lekin u hech boʻlmaganda Prussiya qirolligi tojini saqlab qolishga harakat qildi.  Biroq, uning soʻnggi kansleri, Baden shahzodasi Maks buni qonuniy jihatdan imkonsiz deb topdi va 9-noyabr kuni, yaʼni Birinchi jahon urushi tugashi sulhidan ikki kun oldin Vilgelm ikkala taxtdan ham voz kechishini eʼlon qildi. Oʻzi esa Gollandiyaga ketishga majbur boʻldi. Faqat 28-noyabrda Vilgelm II "Prussiya tojiga va u bilan bogʻliq boʻlgan nemis imperatorlik tojiga boʻlgan huquqlardan" rasman voz kechdi.

Imperator unvonlari



Nemis imperatorlari Gogenzollern sulolasi tomonidan boshqariladigan yerlarning geografik kengligi va xilma-xilligini aks ettiruvchi unvonlar va titullarning keng roʻyxatiga ega edi.

Vilgelm I

Fridrix III

Vilgelm II

Germaniya imperatorlari




Eslatmalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz