Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti




Germaniya Demokratik Respublikasi fuqarolik pasporti (shuningdek, Sharqiy Germaniya fuqarolik pasporti ) — sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi (odatda Sharqiy Germaniya deb ataladi) fuqarolariga xalqaro sayohat qilish uchun berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat. 1990-yil oktyabr oyida Germaniya qayta birlashganidan barcha Germaniya fuqarolariga Germaniya pasportlari berildi.

Umumiy maʼlumotlar



1989-yilgi Washington Post xabariga koʻra, Sharqiy nemislarning atigi 25 foizi pasport egalari edi.

1957-yilda Sharqiy Germaniya pasporti qonuniga koʻra, Sharqiy Germaniya fuqarolari chet elga, shu jumladan Gʻarbiy Germaniya va Gʻarbiy Berlinga sayohat qilish uchun viza olishlari shart edi. Sharqiy Germaniyadan tashqariga ruxsatsiz sayohat qilganlik uchun jazo qamoq edi.

Ular sayohatdan qaytganlaridan soʻng, pasportlar topshirilishi kerak edi.

Pasport turlari



Pasportlarning kamida toʻrt turi mavjud edi: chet davlat, xizmat, standart va diplomatik

Standart pasportlar ko‘k rangda bo‘lsa, chet davlat va xizmat pasportlari yashil rangning turli tuslarida bo‘lgan. Diplomatik pasportlar qizil rangda edi.

Tillar




Sharqiy Germaniya pasportlarida nemis, fransuz, ingliz va rus tillaridagi matn mavjud edi. Biroq, 1988-yilda yoki shu yil atrofida qayta koʻrib chiqilgandan soʻng, ingliz tili pasportdan olib tashlangan.

Pasport yozuvi



Sharqiy Germaniya pasportlarida quyidagi yozuv mavjud edi:

Tashqi ishlar vazirligi mamlakat ichkarisida va xorijdagi barcha organlardan ushbu pasport egasiga erkin sayohat qilishiga ruxsat berishni hamda unga har qanday yordam berliishini va himoya qilinishini soʻraydi.
1989-yil oxiridan mamlakatning 1990-yil oktyabrida qulashigacha chiqarilgan versiyalarda eslatma yoʻq.

Qayta birlashgandan keyin



1990-yil oktyabr oyida qayta birlashgandan soʻng, Birlashish shartnomasi Sharqiy Germaniya pasportlari 1995-yil 31-dekabrgacha amalda boʻlishini koʻrsatdi. Ushbu sanadan keyin Sharqiy Germaniya pasportlari identifikatsiya qilish uchun yaroqsiz boʻlib, fuqarolar nemis pasportlaridan foydalanishlari kerak edi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz