Germaniya Ayollar Bundesligasi




Germaniya Ayollar Bundesligasi (nemischa: Frauen-Bundesliga, yaʼni Ayollar Federal Ligasi; homiylik sabablariga koʻra hozirda „ FLYERALARM Frauen-Bundesliga“ nomi bilan tanilgan) Germaniyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori darajadagi ligasi. 1990 yilda Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) erkaklar Bundesligasi modeli asosida Germaniya ayollar bundesligasini tashkil qildi. Germaniya Ayollar Bundesligasida dastlab shimoliy va janubiy divizionlarga boʻlingan holda oʻynalgan, ammo 1997-yilda ushbu ikki divizion yagona ligani tashkil qilish uchun birlashtirildi. Hozirda Germaniya Ayollar Bundesligasi oʻn ikkita jamoadan iborat boʻlib, mavsumlar odatda yoz oxiridan bahor oxirigacha (qishda tanaffus bilan) davom etadi. Germaniya Ayollar Bundesligasi jamoalari raqobatbardoshligiga va xalqaro maydonda yaxshi nufuzga ega boʻlishida qaramay, Germaniya Ayollar Bundesligasiyarim professional hisoblanadi.

UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Germaniya Ayollar Bundesligasi jamoalari eng muvaffaqiyatli natijalarga erishgan (toʻqqizta chempionlik). Xususan, Frankfurt FFC jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida eng koʻp chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Musobaqa formati



Germaniya Ayollar Bundesligasi oʻn ikkita jamoadan iborat. Mavsum oxirida birinchi oʻrindagi klub Deutscher Meister unvonini qoʻlga kiritib, chempion boʻladi va 11 va 12-oʻrinlarni egallagan klublar Germaniya 2-Ayollar Bundesligasi (quyi liga)da birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan tegishli jamoalar bilan almashtiriladi. Germaniya Ayollar Bundesligasi mavsumi ikki davra, jami 22 oʻyindan iborat. Germaniya Ayollar Bundesligasida har bir klub bir-biriga qarshi ikkitada oʻyin oʻynaydi: bir davrada maʼlum bir klubga qarshi uy oʻyini, ikkinchisida esa mehmonda oʻynaydi. Germaniya Ayollar Bundesligasi mavsumlari, odatda, avgust yoki sentabrda boshlanadi, birinchi davra oʻyinlari dekabrda tugaydi. Ikkinchi davra odatda fevral oyida boshlanadi va may yoki iyun oylarida tugaydi, lekin baʼzida ikkinchi davraning birinchi oʻyinlari dekabr oyida ham oʻtkaziladi. Jahon chempionati oʻtkaziladigan yillarda (har toʻrt yilda bir) Germaniya Ayollar Bundesligasi turnir jadvalini oʻzgartirishi mumkin.

Germaniya Ayollar Bundesligasi reytingi klublarning mavsum davomida toʻplagan ochkolari asosida aniqlanadi. Gʻalaba 3 ochko, durang 1 va magʻlubiyat 0 ochko hisoblanadi. Taybreyklarda esa toʻplar farqi, urilgan gollar va jamoalarning oʻzaro oʻyinlardagi natijalarining nisbati hisobga olinadi. Agar turnir jadvalida durang holati kuzatilsa, taybrek statistikasi hisobga olinadi.

Joriy klublar




Germaniya Ayollar Bundesligasi chempionlari roʻyxati




Germaniya Ayollar Bundesligasi chempion jamoalari reytingi

Xalqaro musobaqalarda



Germaniya Ayollar Bundesligasida har bir mavsum chempioni hamda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa keyingi mavsumda ayollar o‘rtasidagi UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. 2021-2022-yilgi mavsumdan boshlab Germaniya Ayollar Bundesligasida eng yaxshi natija koʻrsatgan uchta jamoa UEFA ayollar chempionlar ligasiga yoʻllanma oladi.

Germaniya Ayollar Bundesligasini translatsiya qilish




Yana qarang




Manbalar




Izohlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz