Germanarix




Ermanarix , Germanarix (? — 375) — ostgotlar qiroli; Amallar xonadonidan. Shimoliy Qora dengiz boʻylarida gotlar bilan birgalikda ayrim alan, slavyan, frakiyalik qabilalardan tashkil topgan qabilalar ittifoqi rahbari. Qoʻshnilari bilan urushlar olib borib ostgotlarga tobe hududni ancha kengaytirgan. E. "davlati" mustahkam emas edi, tobe qabilalarning, xususan, rosomonlarning isyoni uni larzaga solgan. Gunnlardan qaqshatqich magʻlubiyatga uchragan E. oʻzini oʻldirgan, qabilalar ittifoqi gunnlar tomonidan tormor qilingan. E. (Yormunrekk) — germanlar qahramonlik eposi qahramoni.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz