Gerhart Hauptmann




Gerhart Hauptmann (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946.6.6, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchilardan. Ilk ijodida ijtimoiy tanqid, biol. qonuniyatlarini mutlaqlashtirish ("Kun chiqish oldidan", 1889; "Roza Bernd", 1903; "Kun botish oldidan", 1932, dramalar) sezilarli darajada boʻlsa, keyinroq ramziy ("Choʻkkan qoʻngʻiroq", 1896, drama-ertak), tasavvufga moyil boʻlgan. "Toʻqimachilar" (1892) dramasi Sileziya toʻqimachilari qoʻzgʻoloni haqida. "Qishki ballada" (1917), "Xaloskor Beliy" (1920), "Indipodi" (1920) dramalari, "Buyuk Ona orol" (1924), "Yoshlik davrim sarguzashtlari" (1937) va b. romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1912).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz