Gerhard Domagk




DOMAGK (Domagk) Gerhard (1895.30.10, Lagov, Brandenburg — 1964.24.4, Kyonigsfeld, Shvarsvald) — nemis patologi va mikrobiologi. Bakteriyalar qoʻzgʻatadigan kasalliklarni kimyoviy preparatlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan. Soʻzakni davolash uchun birinchi samarali dori — dolmigon (dimetilaminosulfo-akridin) ishlab chiqqan (1934), sil va oʻsmalarni kimyoviy usulda davolash uchun yangi preparatlar topgan. Sulfanilamid preparatlarning bakteriyalarga qarshi taʼsir koʻrsatishini asoslab bergan va davolash amaliyotida joriy etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz