Gerasimova Svetlana Ivanovna




Svetlana Ivanovna Gerasimova (1951.2.2, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2000). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1974). 1974-yildan Toshkent shahridagi 187-, 64-, 50maktablarda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, 50maktab direktori oʻrinbosari, 1987-yildan direktori. Gerasimova gimnaziya uchun tayyorlangan alohida oʻquv metodik rejalari va boshlangʻich sinflar uchun tayyorlangan kun tartibi qoʻllanmalari muallifidir. Fizika, mat., kimyo, biol. yoʻnalishidagi maxsus rejalar ham uning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan. Gerasimova maktab moddiy texnika bazasini mustahkamlashda faol harakat qildi; maktabni pedagogik kadrlar bilan taʼminlash ishini yaxshi yoʻlga qoʻyish maqsdida ped. oʻquv yurtlari bilan uzviy aloqa oʻrnatgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz