Gerardo Arteaga
Gerardo Daniel Arteaga Zamora (talaffuzi: Jerardo Arteaga) (1998-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Belgiya Pro-ligasi „Genk“ klubi va Meksika terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Santos Laguna
Arteaga 2013-yilda Santos Lagunaning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2016-yil 1-oktyabrda Jose Manuel de la Torre boshchiligida Arteaga Liga MXda „Keretaro“ga qarshi professional debyutini oʻtkazgan. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Genk
2020-yilning 26-iyulida Santos Laguna Arteaga Belgiyaning „Genk“ klubiga 3,5 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma asosida ketganini eʼlon qilgan. Arteaga klubdagi debyutini 24-avgust kuni Vesterloga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Oʻyin 2:2 hisobida jangovor durang bilan yakunlangan.
Xalqaro faoliyati
Yoshlar jamoasi
Arteaga 2018 Tulon turnirida ishtirok etadigan yakuniy roʻyxatga kiritilgan. U barcha beshta oʻyinda maydonga tushgan, Meksika finalda Angliyaga qarshi maydonga tushdgan. Oʻyinda Meksikaliklar 2:1 hisobida magʻlub boʻlishgan.
Arteaga Jaime Lozano tomonidan 22 yoshgacha boʻlganlar jamoasi bilan 2019 Tulon turnirida ishtirok etish uchun chaqirilgan. Meksika bu turnirda uchinchi oʻrinni egallagan.
Kattalar jamoasi
2018-yil sentyabrida uni vaqtinchalik bosh murabbiy Rikardo Ferretti sentyabr oyida Urugvay va AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirgan. Arteaga terma jamoadagi debyutini 2018-yilning 11-sentyabr kuni AQSHga qarshi oʻtkazgan, unda Meksika 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Santos Laguna Genk Manbalar
uz.wikipedia.org