Gerard Ambassa Guy
Gerard Ambassa Guy (talaffuzi: Jerard Ambassa Gay) (1978-yil 21-sentyabrda tugʻilgan), Kamerunda tugʻilgan Gonkong futbol assotsiatsiyasi murabbiyi va sobiq professional futbolchi, hozirda havaskor sifatida Gonkong Uchinchi divizioni King Mountain klubini boshqarmoqda.
U Happy Valley, Yee Hope, Instant-Dict, Gonkong Rangers, Janubiy Xitoy, Pegasus va Sun Hei klublarida oʻynagan.
U ayni damda futbol murabbiyi.
Klubdagi faoliyati
Gerard dastlab Gonkongga „Rangers“da oʻynash uchun kelgan. Keyinchalik u Instant-Dict, O &YH Union, Happy Valley AA jamoalarida oʻynagan va 2009-yilda Janubiy Xitoy AA jamoasiga qoʻshilgan.
Janubiy Xitoy
2009-yilda Gerard Janubiy Xitoy jamoasiga qoʻshilgan. U chorak final 1-oʻyinida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga safarda 5:4 hisobida magʻlub boʻlgan jamoa tarkibida maydonga tushgan. Keyinchalik 2009-yilgi OFK kubogida Quvayt terma jamoasiga qarshi oʻyining soʻnggi daqiqasida jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan. 2009-yil 21-oktabrda boʻlib oʻtgan javob oʻyinida Gonkong stadioni muhlislar bilan toʻlgan, ammo Janubiy Xitoy 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
TSW Pegasus
U TSW Pegasusga 2010-yilning yozida qoʻshilgan. 2009-yil 23-sentabrda Gerard Ambassa Gay ikki marta qoidabuzarlikdan soʻng liga oʻyinida chetlatilgan, ammo TSW Pegasus Citizen ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan.
2011-yil 1-mart kuni Gerard boshi bilan gol urib, TSW Pegasus jamoasiga OFK kubogi-2011 guruh bosqichida Vetnamning Song Lam Nghe An jamosi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonoshiga yordam bergan.
Mohun Bagan
2010-yil 23-iyulda asli kamerunlik futbolchi Hindistonning Mohun Bagan klubga osiyolik futbolchi sifatida sinov uchun Kalkuttaga kelgan.
Sun Hei SC
Gerard 2011/2012-yilgi mavsum Gonkong Birinchi Divizion Ligasi mavsumida Sun Hei jamoasiga qoʻshilgan.
Murabbiylik faoliyati
2017-yilning 4-dekabrida Deyan Antonich klubdan ketganidan soʻng, Gay “Rangers” bosh murabbiyi lavozimini egallagan.
Xalqaro
Gerard Ambassa Gay Gonkongda yetti yildan ortiq vaqt oʻtkazgan va Gonkong fuqaroligini olganidan soʻng Gonkong milliy futbol jamoasi a’zosi boʻlgan. U 2010-yilda Kaoshiung shahrida boʻlib oʻtgan Sharqiy Osiyo futbol chempionatining yarim final bosqichida ishtirok etgan va “Eng qimmat futbolchi” sovrinini olgan.
Yutuqlari
Happy Valley
Faoliyat statistikasi
Klubdagi faoliyati
Xalqaro oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org