Geranium collinum




Anjabor (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik oʻtlar. Bargi keng toʻgarak, romb-simon boʻlaklarga boʻlingan, guli koʻkish-pushti. Oʻzbekiston togʻlarida oʻsadi. Tarkibida 23-54% tannin (oshlovchi) va boshqa moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini toʻxtatish, ogʻriqni qoldirish va meʼda kasalliklarini davolashda foydalaniladi. A. teri oshlashda ham qoʻllaniladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz