Gepatit E




Gepatit E  — gepatit E virusi (GEV) infeksiya natijasida paydo boʻladigan jigarning yalligʻlanish kasalligi. Bu virusli gepatitning bir turi hisoblanadi. Gepatit E asosan gepatit A ga oʻxshash fekal-oral yoʻl orqali yuqadi, ammo ikkala virus bir-biriga bogʻliq emas. Virus tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, gepatit E ning eng qadimgi epidemiyasi 1955-yilda Nyu-Dehlida sodir boʻlgan. Gepatit E oʻtkir yuqumli kasallik hisoblanib, asosan suv orqali yuqadi. Gepatit E asosan katta yoshli odamlarda koʻp uchraydi. Homiladorlik holatida ogʻir kechishi kuzatilgan.

Gepatit E ning ham manifest ham subklinik turlari bilan kasallangan insonlar kasallik manbayi hisoblanishadi. Homilador ayollar va immuniteti zaif odamlarda oʻlim darajasi ancha yuqorilgi kuzatilgan. Homilador ayollarda, ayniqsa uchinchi trimestrda, kasallik koʻproq ogʻir kechadi. Klinik sindromlardan asosan jigar yetishmovchiligi koʻp kuzatiladi. Bu sindrom ortidan oʻlim darajasi 20% atrofida. Homilador ayollarda tez immunitet tizimini zaiflashishi va organlar yetishmovchiligini keltirib chiarqadi. Gepatit E genetik jihatdan 8 ta genotipga boʻlinadi. Bularda 3 va 4-genotiplari immuniteti zaif odamlarda surunkali gepatitni keltirib chiqarishi mumkin. Gepatit E ning virusi Gepatit A virusidan biroz kattaroq.

2017-yilda gepatit E 19 milliondan ortiq odamda mavjud ekanligi taxmin qilingan. Gepatit E bilan asosan kasallanadigan toifa bu 15—35 yosh orasidagi erkakalr hisoblanadi. Profilaktik vaksina (HEV 239) Xitoy hukumati ruhsati bilan Xitoy Xalq Respubliksi hududida qoʻllanilib kelinmoqa.

Klinik belgilari



Oʻtkir infeksiya



Gepatit E ning oʻrtacha inkubatsiya davri 40 kun. Infeksiya odatda 2 haftadan 8 haftagacha davom etadi. Qisqa prodromal davrdan keyin bemorda kasallikning ilk alomatlar sifatida sariqlik, charchoq va koʻngil aynish paydo boʻlishi mumkin, ammo gepatit E infeksiyalarining aksariyati asimptomatik yani simptomlarsiz kechadi. Simptomatik bosqich jigar aminotransferaza darajasining oshishi kuzatilsa paydo boʻlishi mumkin. Virusli RNK inkubatsiya davrida axlat va qon zardobida aniqlanadi. Qon zardobida gepatit E ga qarshi IgM va IgG antitanalari kasallikning ilk klinik belgilar boshlanishidan oldin paydo boʻladi. Bemorning tiklanishi virusning qondan tozalanishiga olib keladi, virus bemor axlatda ancha uzoq vaqt turishi mumkin. Qayta tiklash IgM antitelalarining yoʻqolishi va IgG antitelalari darajasining oshishi bilan ham belgilanadi.

Surunkali infeksiya



Odatda bir necha hafta davom etadi va keyin oʻtib ketadi. Ammo immuniteti zaif odamlarda, organ koʻchirib oʻtkazilgan odamlarda — gepatit E surunkali infeksiyasi ogʻir kechib tuzalish davri uzoq vaqtga choʻzilishi mumkin. Baʼzida bu hayot uchun xavfli kasallikka olib keladi, masalan, jigar yetishmovchiligi yoki jigar sirrozi shular jumlasidandur.

Boshqa organlar



Gepatit E virusi insonning boshqa aʼzolariga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Tayanch-harakat apparati yoki immun taʼsirchanlik bilan bogʻliq baʼzi holatlar hali toʻliq oʻrganib chiqilmagan, biroq bir nechta nevrologik va qon kasalliklari gepatit E virusining asorati sifatida oʻrganilgan.

Homiladorlikda infeksiya



Homilador ayollarda boshqa virusga chalingan insonlarga nisbatan kasallikni ogʻirroq oʻtkazishadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 va 2-genotip gepatit E epidemiyasi natijasida oʻlim darajasi 20% dan 25% gacha ekanligi aniqlangan. Bu oʻlimlarning asosiy sababi gepatit E tufayli paydo boʻladigan jigar yetishmovchiligi sindromi ekanligi aniqlangan. jigar yetishmovchilik belgilaridan tashqari, ona va homilada gepatit E tufayli muddatidan erta tugʻilish, abort, oʻlik tugʻilish va neonatal oʻlim kabi holatlar koʻp uchraydi.

Homiladorlikda infeksiyalarining salbiy oqibatlarini keltirib chiqargan faktorlar ortidagi patologik va biologik mexanizmlar noaniqligicha qolmoqda. Viruslarning koʻpayishi va gormonal oʻzgarishlarning immunitet tizimiga taʼsiri hozirgi vaqtda infeksiyaning populatsiyasiga va bemorlarda ogʻir sindiromlar bilan kechishiga sabab boʻlishi tahmin qilinmoqda. Bundan tashqari, platsentada virus replikatsiyasining mavjud yoki yoʻqligini koʻrsatadigan yoki in vitro platsentadan olingan hujayralardagi virusning mavjud yoki yoʻqligi haqida xabar beradigan tadqiqotlar, inson yoʻldoshida jigardan tashqari ham virusli replikatsiya joyi boʻlishi mumkinligini koʻrsatgan. Homiladorlik davrida gepatit E ogʻir va asoratli oʻtishining sabablari noʻmalumligicha qolmoqda.

Virusologiya



Klassifikatsiya



Gepatit E Hepeviridae oilasiga mansub, ular ikki turga boʻlinadi: Ortohepevirus (barcha sutemizuvchilar va parrandalarning qon oqsillarida uchrashi mumkin) va Piscihepevirus (oʻtkir gepatit E). Inson virusining faqat bitta serotipi maʼlum va tasnifi genomning nukleotidlar ketma-ketligiga asoslanadi. 1- genotip beshta kichik tipga, 2-genotip ikkita kichik tipga, 3-genotip 10 ta kichik tipga va 4-genotip yettita kichik tipga boʻlinadi. Bundan tashqari 5, 6, 7 va 8 genotiplari ham mavjud. Kalamush orasida Gepatit birinchi marta Germaniyada Norveg olimlari tomonidan kalamushlardan ajratilgan va 2018-yilgi CDC maqolasi transplantatsiya qilingan organni qabul qiluvchi insonda kalamush gepatit E RNKsi aniqlanganligini koʻrsatgan.

Tarqalishi

1 va 2-genotiplari odamlarda kamdan kam uchraydi va koʻpincha sanitariya sharoitlari yomon rivojlanayotgan mamlakatlarda katta epidemiyalar koʻrinishida paydo boʻladi. 3 va 4-genotiplari odamlar, choʻchqalar va boshqa hayvonlar turlarini yuqishi, rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda gepatit E ning sporadik holatlariga sabab boʻlganligi kuzatilgan.

Yuqishi




Gepatit E (genotip 1 va nisbatan genotip 2) endemik boʻlib, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy va Markaziy Afrika, Hindiston va Markaziy Amerikada epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Virus asosan fekal-oral yoʻl orqali suv yoki oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi tufayli tarqaladi. Bevosita odamdan odamga yuqishi kam uchraydi. 1 va 2-genotiplardan farqli oʻlaroq, 3 va 4-genotiplar hayvonlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish yoki bilvosita ifloslangan suv yoki pishmagan goʻsht tufayli zoonotik tarzda yuqadigan sporadik holatlarga olib kelishi mumkin.

Epidemik gepatit E ning tarqalishi koʻpincha kuchli yogʻingarchiliklardan keyin, ayniqsa musson yomgʻiridan keyin sodir boʻladi, chunki ular suv taʼminotini buzadi; kuchli suv toshqini kanalizatsiya suv manbalarini ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining gepatit E inaktivatsiyasida xlor boʻyicha quydagicha tavsiya bergan: erkin xlor qoldigʻi 0.5 mg/L (6.7×10 oz/US gal) 30 daqiqa davomida (pH, <8,0) ishlov beriladi. Asosiy epidemiyalar Hindistonning Nyu-Dehlisida (1955-1956-yillarda 30 000 ta holat), Birmada (1976—1977-yillarda 20 000 ta holat), Kashmirda, Hindiston (1978-yilda 52 000 ta holat), Kanpur, Hindiston (1991-yilda 79 000 ta holat) va Xitoy (1986-yildan 1988-yilgacha 100 000 ta holat) boʻlib oʻtgan. Maʼlumotlariga koʻra, gepatit E genotiplari 1 va 2 umumiy hisobda 20,1 million gepatit E infeksiyasini paydo qilgan boʻlsa 3 va 4- genotiplar bir necha million simptomatik kasallik hamda 2005-yilda 70 000 oʻlimni keltirib chiqargan.

Atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq ishlari departamentining maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniyada choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan kolbasalarning 10 foizida gepatit E virusi borligi aniqlangan. Tadqiqotga asoslanib Buyuk Britaniyada gepatit E ning koʻpayishi oziq-ovqat orqali yuqadigan zoonozlar tufayli boʻlganligi isbotlangan. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oziq-ovqat pishirilayotganda harorat 70 °C (158 °F) darajaga yetishi kerak. Kerakli darajaga yetganda infeksiya xavfini bartaraf etish uchun 20 daqiqa davomida ovqatni shu darajada pishirish kerak. Hayvonlar salomatligi va veterinariya laboratoriyalari agentligi Shotlandiyadagi barcha choʻchqalarning deyarli yarmida gepatit E ni aniqlagan.

Gepatit E infeksiyasi gemodializda boʻlgan odamlarda koʻproq uchraydi, ammo yuqishning oʻziga xos xavf omillari aniqlanmagan.

Hayvonlardan yuqishi



Gepatit E 1 va 2 dan boshqa genotiplar tufayli zoonoz deb hisoblanadi, bunda hayvonlar asosiy rezervuar hisoblanadi. Bunda kiyik va choʻchqalarda juda koʻp gepatit E virusi aniqlangan. Uy hayvonlari gepatit E virusi uchun rezervuar sifatida qayd etilgan, baʼzi soʻrovlar choʻchqalar orasida infeksiya darajasi 95% dan oshganini koʻrsatgan. Eksperimental infeksiyalangan choʻchqalarning ingichka ichaklari, limfa tugunlari, yoʻgʻon ichak va jigarida replikativ virus topilgan. Yovvoyi choʻchqa goʻshti va pishirilmagan kiyik goʻshtini isteʼmol qilgandan keyin bu virusni odamlarga yuqish ehtimoli kattaligi haqida xabar qilingan. Chala pishirilgan hayvon goʻshtini isteʼmol qilgandan keyin virusning odamlarga yuqish tezligi va buning aholi salomatligi uchun qay darajada xavfli ekanligi toʻliq oʻrganilmagan. Boshqa hayvonlarning suv omborlarida yashashi va odamlarning bu suvni qayta ishlovsiz isteʼmol qilishi oqibatida kasallik yuqish ehtimoli ham yuqoriligi taʼkidlangan.

Bir qator boshqa kichik sutemizuvchilar potentsial rezervuar sifatida aniqlangan: kichik kalamush (Bandicota bengalensis), qora kalamush (Rattus rattus brunneusculus) va Osiyo uy sichqonchasi (Suncus murinus). Sichqoncha gepatiti E virusi deb atalgan yangi virus alohida ajratib olingan.

Genomlar



Gepatit E ikkita poliproteinni (O1 va O2 oqsilini) kodlaydigan uchta ochiq oʻqish ramkasiga (ORF) ega. ORF2 uchta kapsid oqsilini kodlaydi, O1 esa virus replikatsiyasida ishtirok etadigan yetti fragmentni va boshqa fragmentlarni kodlashda ishtirok etadi.

Gepatit E genomidagi eng kichik ORF3 ORF3 subgenomik RNKdan 113-115 aminokislotalardan iborat O3 oqsiliga uzatiladi. ORF3 gepatit E virusida immunitetni zaiflashtirishda muhim ahamiyatga ega. Oldingi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ORF3 bemor labarator surtmalarida topilgan va hujayra rivojlanishida ishlab chiqarilgan virusli zarralar bilan bogʻlangan. Oʻstirilgan hujayralarda ORF3 gepatit E RNK replikatsiyasi, virus birikmasi yoki infeksiya uchun zarur boʻlmagan boʻlsa-da, zarrachalarni chiqarish uchun zarur hisoblanadi.

Virusning hayot sikli



Gepatit E virusining aylanish sikli nomaʼlum; kapsid oqsili hujayra retseptorlari bilan bogʻlanib, virusga qoʻshila oladi. ORF2 (c-terminal) HSC70 bilan bogʻlanish orqali virusgs qoʻshilishni moʻtadil holga olib keladi.

Geldanamitsin HEV239 kapsid oqsilining tashilishini bloklaydi, lekin boʻlingan kapsid oqsilining kirishini bloklay olmaydi, bu Hsp90 gepatit E tashilishida muhim rol oʻynashini koʻrsatadi.

Diagnostika



Gepatit E tashxisi nuqtai nazaridan faqat gepatit E RNK yoki gepatit E ga IgM antitanalari mavjudligini tasdiqlovchi laboratoriya qon tekshiruviga ishonish mumkin. Amerika Qoʻshma Shtatlarida gepatit E infeksiyasini tashxislash uchun hech qanday serologik testlarga oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan ruxsat berilmagan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti gepatit E RNKni aniqlash va miqdorini bilish uchun xalqaro standart shtammni ishlab chiqgan.

Virusologik belgilar



Emlash amalga oshmagan deb faraz qilsak, testlar quyidagilarni koʻrsatishi mumkin:

Profilaktika




Sanitariya ishlari



Sanitariya gepatit E ning oldini olishda eng muhim chora hisoblanadi. Bu ishlar qatoriga: chiqindilarini toʻgʻri tozalash va yoʻq qilish, umumiy suv taʼminoti uchun yuqori standartlar, shaxsiy gigiyena tartib-qoidalarini yaxshilash va oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya qoidalariga muvofiq tayyorlash kabilar kiradi. Gepatit E kasalligini oldini olish strategiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarda uchraydigan koʻplab boshqa kasalliklarga oʻxshaydi. Goʻshtni 71 °C (159.8 °F) da toʻliq pishirish gepatit E virusi xavfini kamaytiradi, turli haroratlarda virusni inaktivatsiya qilish uchun har xil vaqt davomida ishlov berishni talab qiladi.

Donorlik



Transfuzyon yoʻl orqali yuqadigan infeksiyani (TTI) keltirib chiqarish uchun zarur boʻlgan qon mahsulotlarida mavjud boʻlgan virus miqdori oʻzgaruvchan boʻladi. Gepatit E virusini transfiuzyon orqali yuqtirish minipool GEV NAT (nuklein kislotasi testi) skriningi orqali tekshirilishi mumkin. NAT — qon topshirilganda qonni molekulyar tekshirish uchun ishlatiladigan usul.

Vaksinalar




Rekombinant virusli oqsillarga asoslangan vaksina 1990-yillarda ishlab chiqilgan va 2001-yilda yuqori xavfli populyatsiyada (Nepalda) sinovdan oʻtkazilgan. Vaksina samarali va xavfsiz boʻlib chiqgan, ammo ishlab chiqarish homiylik yoʻqligi sababli toʻxtatilgan, chunki rivojlangan mamlakatlarda gepatit E kam uchraydi. Qoʻshma Shtatlarda gepatit E ga qarshi vaksinadan foydalanish uchun litsenziya mavjud emas.

Istisno tariqasida- Xitoy Davlat oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (SFDA) tomonidan bir yildan ortiq tekshiruvdan soʻng, xitoylik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan gepatit E vaksinasi 2012-yil oxirida foydalanishga ruhsat berilgan. Uning ishlab chiqaruvchisi Xiamen Innovax Biotech tomonidan GEV 239 deb nomlangan. Vaksina 2012-yilda Xitoy Fan va Texnologiya Vazirligi tomonidan Szyansu provinsiyasidan 100 000 dan ortiq odam ustidan nazorat ostida oʻtkazilgan sinovdan soʻng gepatit E ning oldini olish uchun maʼqullangan, bunda emlanganlarning birortasi ham infeksiyani yuqtirmagan. Birinchi vaksina partiyalari Innovax zavodidan 2012-yil oktyabr oyi oxirida Xitoy distribyutorlari tomonidan savdoga chiqarilgan.

Dalillar yoʻqligi sababli Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2015-yildan boshlab GEV 239 vaksinasini muntazam ravishda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar bermagan. Uning 2015-yildagi pozitsiyasi shundan iborat ediki, milliy hukumatlar mahalliy epidemiologik ahvolga asoslangan holda vaksinadan mustaqil foydalanishga qaror qilishlari mumkin edi.

Davolash



Gepatit E uchun xavfsizlik va samaradorlikni aniqlagan hech qanday dori yoʻq va virusga qarshi dorilarning katta qismiga klinik sinovlar oʻtkazilmagan. Mavjud kichik tadqiqotlarning natijalari shuni koʻrsatganki, ribavirin surunkali infeksiyani rivojlantirgan immuniteti zaif odamlarda samarali deb hisoblangan.

Surunkali GEV infeksiyasi immunosupressiv terapiya bilan bogʻliq va bu aʼzolar transplantatsiyasini boshidan oʻtkazgan odamlarda sodir boʻlganda, immunosupressiv dorilarni kamaytirish bemorlarning uchdan birida GEV stabillashuviga olib kelishi mumkinligi isbotlangan.

Epidemiologiya



Gepatit E virusi yiliga 20 millionga yaqin infeksiyani keltirib chiqaradi. Bu uch millionga yaqin oʻtkir kasalliklarga olib keladi va 2015-yilda 44 000 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan. Homilador ayollar, ayniqsa, 30% yoki undan koʻproq hollarda oʻlimga olib keladigan kasallikning oʻtkir shaklini boshlaridan oʻtkzishadi. GEV rivojlanayotgan mamlakatlarda kasallik va oʻlimning asosiy sababidir. Gepatit E Markaziy Osiyoda endemik hisoblanadi, Markaziy Amerika va Yaqin Sharqda esa yuqumli kasalliklar qayd etilganligi maʼlum. Rivojlangan mamlakatlarda gepatit E tobora koʻpayib bormoqda, 2015-yilda Angliya va Uelsda gepatit E virusi bilan kasallangan 848 ta holat qayd etilgan.

Soʻnggi epidemiyalar



2007-yil oktyabr oyida Uganda shimolidagi Kitgum tumanida gepatit E epidemiyasi paydo boʻlgan. Ushbu epidemiya dunyoda maʼlum boʻlgan gepatit E ning eng yirik epidemiyalaridan biriga aylangan. 2009-yil iyun oyiga kelib, 10 196 kishi kasal boʻlib, 160 kishi vafot etgan. GEV epidemiyasi mamlakatda ilgari hech qanday epidemiya qayd etilmaganiga qaramay sodir boʻldi, ayollar GEVdan eng koʻp zarar koʻrganlar.

2012-yil iyul oyida Sudan chegarasi yaqinidagi Maban okrugidagi Janubiy Sudanlik qochqinlar lagerlarida kasallik avj olgani haqida xabar berilgan. Janubiy Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi 2012-yil 13-sentyabr holatiga koʻra 400 dan ortiq kasallik va 16 kishi oʻlganini maʼlum qilgan. 2013-yil 2-fevral holatiga koʻra, 88 kishi epidemiya tufayli vafot etgan. Chegara bilmas shifokorlar xayriya tashkiloti 4000 ga yaqin odamni davolaganini eʼlon qilishgan. 2014-yil aprel oyida Nepalning Biratnagar munitsipalitetidagi epidemiya 6000 dan ortiq mahalliy aholining infeksiyasiga va kamida 9 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.

Namibiyadagi epidemiya paytida, zararlanganlar soni 2018-yil yanvar oyida 490 dan 2019-yil aprelida 5014 taga (42 oʻlim bilan), 2019-yil avgustiga kelib 6151 holatga (56 oʻlim bilan) koʻtarilgan. JSSTning hisob-kitoblariga koʻra, oʻlim darajasi 0,9% ni tashkil qilgan.

2020-yil may oyida Gonkongda kalamushlar tomonidan yuqtirgan gepatit E ning kamida 10 ta holati va yuqish mexanizmi toʻliq aniqlanmagan yuzlab holatlar qayd etilgan.

Evolyutsiya



Bugungi kunda mavjud boʻlgan GEV shtammlari 1344 yil oldin umumiy virusdan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Boshqa bir tahlil gepatit E ning kelib chiqishini ~ 6000 yil oldinga toʻgʻri kelishini koʻrsatgan, bu choʻchqalarni xonakilashtirish bilan bogʻliq degan taxmin mavjud. Bir vaqtning oʻzida ikkita tur ajralib chiqishi mumkin — antropotrop shakl va enzootik shakl — keyinchalik ular mos ravishda 1 — 2 va 3 — 4 genotiplarga aylangan boʻlishi mumkin.

2-genotip boshqa genotiplarga qaraganda kamroq aniqlangan boʻlsada, genetik evolyutsion tahlillar shuni koʻrsatadiki, 1, 3 va 4 genotiplari tarqalishi soʻnggi 100 yil ichida sezilarli darajada oshgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz