GEOTROPIZM
GEOTROPIZM (Geo… va Yunoncha Tropos — burilish, yo’nalish, qayrilish) — o’simlik organlarining yer tortish kuchi yo’nalishiga qarab yer markaziga nisbatan muayyan holat olishi. Geotropizm musbat, ya’ni to’g’ri (masalan, ildizning pastga qarab o’sishi) va manfiy, ya’ni teskari (masalan, poyaning yuqoriga qarab o’sishi) bo’ladi. Geotropizm tufayli o’simliklarning ildizi tuproqqa kirib boradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz