Geotermik gradiyent




Geotermik gradiyent - har 100 m ga chuqurlashgan sari Yer poʻstidagi togʻ jinslari temperaturasining koʻtarilib boradigan miqdori. G. g . turli joyda yer yuzasining shakli, togʻ jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanligi, yer osti suvlarining aylanib yurishi, vulkan oʻchoqlariga yaqinligi, Yer poʻstida yuz beradigan turli kimyoviy reaksiyalarga koʻra oʻzgaradi. Chuqurlashgan sari temperaturaning koʻtarilib borish qonuniyati Yer kaʼridan yuzasiga tomon issiqlik oqimi mavjudligini koʻrsatadi. Bu oqimning miqdori G. g .ning issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti koʻpaytmasiga teng . Koʻpin-cha, G. g . miqdori 0,5 dan 20° gacha oʻzgarib, urtacha 3° ga tengdir. Anomal G. g . (30-40°/km va undan ortiq) miqdori Talas—Chatqol—Qurama va Sharqiy Qirgʻiziston maydonlariga taalluqli, past G. g . (20—25°/km) Fargʻona, Norin anomal zonalari, Shim. va Oʻrta Tyanshanning markaziy qismlari, Jan. Tyanshanning baʼzi bir qismlariga xos. G. g .ning Urtacha miqdori (27— ZG/km) Norin botigʻining gʻarbiy qismida kuzatilgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz