Georgy Zhukov




Georgiy Gennadyevich Zhukov (talaffuzi: Georgiy Gennadyevich Jukov) (1994-yil 19-noyabrda tugʻilgan) — qozogʻistonlik professional futbolchi, Cangzhou Mighty Lions jamosida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Qozogʻiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Faoliyati



Klub



2014-yilning 27-yanvarida Zhukov bir yillik ijara shartnomasi asosida Qozog‘iston Premyer-ligasining „Astana“ klubi tarkibiga kelib qoʻshilgan va jamoa bilan mashgʻulotlarga kirishgan.

2016-yil 5-dekabrda Zhukov Astana klubini tark etib Qozogʻiston Premyer-ligasining bosh bir vakili „Qayrat“ jamosi bilan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Wisla Krakow
2019-yil 27-noyabrda Wisla Krakow jamoasi Zhukov bilan shartnima imzolaganini va futbolchi 2020-yil 1-yanvarda boshlab jamoa safiga kelib qoʻshilishini eʼlon qilgan. 2020-yilning boshida Zhukov shartnomaga koʻra Polsha jamoasi safiga borib qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati



Zhukov Qozog‘istonda tug‘ilgan boʻlsada bolaligida oilasi bilan Belgiyaga koʻchib oʻtishgan va ikkala davlatning terma jamoalariga munosib oʻyinchiligini isbotlagan. Yoshligida u Belgiya U19 terma jamoasi safida maydonga tushgan va Belgiya Olimpiya terma jamoasi uchun oʻzini nomzod qilib koʻrsatgan. Biroq keyinchalik Zhukov Qozogʻiston terma jamoasi sharafini himoya qilishni tanlagan. Zhukov 2015-yil 31-mart kuni futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etish uchun Qozogʻiston terma jamoasidan chaqiruv olgan. Zhukov Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda Qozog‘iston milliy terma jamoasi safida maydonga tushgan, Oʻyin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Astana
— Qozogʻiston Premyer-ligasi (2): 2014, 2015

— Qozog‘iston Superkubogi (1): 2015

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz