Georgiy Zabirov




Georgiy Zabirov (1974-yil 1-iyun; Chirchiq, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, darvozabon. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi posbonlaridan biri (204 ta oʻyin).

Futbolchilik faoliyati



Professional faoliyatini 1991-yilda Chirchiq jamoasi tarkibida boshlagan. 1992—1994-yillarda Toshkentning „MHSK“ jamoasi safida toʻp surgangan. 1995-yilgi mavsumda yana „Chirchiq“ safida oʻynagan. 1996-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtadi. Georgiy Zabirov 2004-yilgacha „Neftchilar“ tarkibida oʻynagan. Bu vaqt ichida Zabirov jamoa yetakchilaridan biriga aylandi va 2000-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga 2000-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun chaqirildi. U Oʻzbekiston terma jamoasi safida oltita oʻyin oʻtkazgan. Zabirov „Neftchi“ safida 204ta oʻyinda maydonga tushgan. Zabirov bu koʻrsatkich bilan fargʻonaliklarning eng yaxshi posbonlaridan biri hisoblanadi. 2005—2006-yillarda Namanganning „Navbahor“ va „Andijon“ jamoalarida toʻp surgan. 2006-yilda Georgiy Zabirov professional faoliyatini yakunladi.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz