Georgiy Yerfilov




Georgiy Ivanovich Yerfilov (1912-yil Toshkentda tug‘ilgan — ?) — sovet futbolchisi, hujumchisi.

Yerfilov Georgiy Ivanovich 1937-yilda SSSR kubigida Sankt-Peterburgdagi P. F. Lesgaft nomidagi Milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetining GOLIFK jamoasida o‘ynagan. 1938-yilda futbolchi Leningradning „Stalinets“ jamoasi tarkibida SSSR chempionatida ikkita o‘yin o‘tkazgan: 4-iyun kuni Moskvaning „Spartak“ klubiga qarshi mezbonlik uchrashuvida (0:4) to‘liq o‘yinni va shu yilning 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Kiyevning „Dinamo“  jamoasiga (2:7) qarshi uy o‘yinda esa zaxiradan maydonga tushgan. 1939-yilda Yerfilov „Avangard“ uchun B guruhda yettita o‘yinda ikkita gol urgan. 1945-yilgi chempionatda hujumchi 13 ta o‘yin o‘tkazib, Moskvaning Lokomotiv klubida bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 1947-yilda Georgiy Ivanovich Moskvaning „Bolshevik“ jamoasida to‘p surgan.

Hujumchi Yerfilov Georgiy Ivanovich 1949-yilda — Moskvaning SKIF futbol klubi katta murabbiyi bo‘lgan.

Futbolchi Yerfilovning o‘g‘li Vitaliy xokkey bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlaydi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz