Georgiy Sumnevich




Georgiy Prokopyevich Sumnevich (1909-1947-yillarda yashab oʻtgan) — sovet botanik-sistematigi, biologiya fanlari nomzodi.

Biografiya



Georgiy Sumnevich 1909-yil 27-sentabrda Tobolsk shahrida tugʻilgan. Otasi — Prokopiy Germogenovich Sumnevich oʻrmon xoʻjaligi mutaxassisi boʻlgan va oʻgʻlida oʻsimliklarni oʻrganishga muhabbat uygʻotgan. Bolaligidan uni botanika ekskursiyalariga olib chiqgan.

1928-yildan Georgiy Tomsk davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil olgan. 1932-yilda mazkur universitetni geobotanika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

G.P.Sumnevichning oʻqituvchilari orasida taniqli taksonomlar, professor P.N.Krilov, B.K.Shishkinlar bor edi.

Universitetni tugatgach, Georgiy Prokopyevich universitet gerbariysida qolgan va u yerda assistent sifatida ishlay boshlagan. Shuningdek, yosh olim bu yerda talabalarga oliy navdagi oʻsimliklar sistematikasidan maʼruzalar oʻqiy boshlagan.

1938-yilda G.P.Sumnevich Toshkentga koʻchib oʻtgan va Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Fanlar qoʻmitasi (keyinchalik — SSSR Fanlar akademiyasi filiali, 1943-yildan — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi) katta ilmiy xodimi vazifasiga tayinlangan.

1939-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida dotsent lavozimida oʻsimliklar geografiyasi va umumiy botanikadan maʼruzalar oʻqiy boshlagan.

1938-yilda Sumnevich Oʻzbekiston SSR Fanlar qoʻmitasining Chiroqchi ekspeditsiyasida qatnashgan. 1939-yilda mahalliy mevali daraxtlar va butalarni oʻrganish uchun Gʻarbiy Tyan-Shanga sayohat uyushtirgan.

Sumnevich 1947-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasining Hisor ekspeditsiyasi tarkibida Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy qismi oʻsimliklarini oʻrganishga kirishgan.
Botanik-olim 1947-yil 10-sentabrda dala ishlari bilan shugʻullanib turgan mahalida toʻsatdan dunyodan koʻz yumgan.

Olimning baʼzi ilmiy ishlari




G. P. Sumnevich sharafiga va xotirasiga atalgan oʻsimlik turlari




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz