Georgiy Simbalov
Georgiy Simbalov - sharqshunos-tarixchi, xitoyshunos, iqtisod fanlari nomzodi. 1935-yil Xarbin (XXR) shahrida tugʻilgan. 1951-yilda Pekin DUga kirib, 1959-yilda SAGU (hozirgi OʻzMU)ning sharq fakulteti tarix boʻlimini bitirgan. 1959-yildan xitoy-uygʻur filologiyasi kafedrasida xitoy tili oʻqituvchisi. 1961-yildan SSSR FA SHI aspiranti. 1965-1977-yillar Moskva kooperativ instituti katta oʻqituvchisi hamda dekan muovini; 1977-1986-yillar SSSR FA Uzoq Sharq institutida kichik ilmiy xodim va ayni paytda „Kitayskaya Narodnaya Respublika“ jurnalida masʼul xodim; 1989-1990-yillarda „Ekonomika i organizatsii materialno-texnicheskogo snabjeniya Gossnaba SSSR“ ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim. 1990-yildan beri „Ogonyok“ jurnali, „Ostankino“ televideniyesining tijorat boʻlimi hamda „Rossiya radiosi“ reklama boʻlimlarining agenti.
Ilmiy yoʻnalishi:
siyosatshunoslik, xitoy tarixi. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Asosiy ishlari:
Nomz. diss. mavzusi: „Angliyskie monopolii v proizvodstve kauchuka v Yugo-Vostochnoy Azii“. — T., 1965.
Manbalar
uz.wikipedia.org