Georgiy Reviya




Georgiy Noyevich Reviya (gruzincha: გიორგი ნოეს ძე რევია; 1999-yil 3-aprel, Odintsovo, Rossiya) — Mariya Kazakova bilan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi gruzin figurali uchuvchisi. Ular Gruziya tarixidagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining (2019) birinchi gʻoliblari, figurali uchish boʻyicha „Challenger“ seriyasidagi Asian Open Trophy 2019 turnirining bronza medali sohiblaridir.

2019-yil 12-dekabr holatiga koʻra, Kazakova va Reviya juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 21-oʻrinni egallagan.

Faoliyati



Georgiy 2003-yilda toʻrt yoshida konkida uchishni oʻrgana boshlagan. 2016-yilgacha u Kseniya Konkina bilan juftlikda Rossiya terma jamoasida chiqish qilgan. Keyinchalik Georgit Yeva Xachaturyan bilan juftlikda Gruziya vakili sifatida musobaqalarda qatnasha boshlagan. Yeva bilan birga 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, sakkizinchi oʻrinni egallagan.

Xachaturiyan va Reviya juftligi yakuniga yetgan va Georgiy sheriksiz qolgan. Bu vaqtda Mariya Kazakova, oʻsha paytda ham sherigi yoʻq edi, Georgiyga sheriklik qilish taklifi bilan yozishga qaror qilgan. Oʻshandan beri ikkisi xalqaro musobaqalarda Gruziya sharafini himoya qilib kelmoqda.

2017—2018-yilgi mavsum davomida juftlik toʻrtta xalqaro musobaqada ishtirok etdi: Tallinn Trophy 2017 (beshinchi oʻrin), Santa Claus Cup (bronza), Golden Spin of Zagreb (kumush), Mentor Torun Cup (oltin). 2018-yil mart oyida ular oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi qoʻshma jahon chempionatida ishtirok etib, kuchli oʻntalikka kirishdi.

Kazakova va Reviya oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilishdi. Juftlik Ostrava va Yerevanda boʻlib oʻtgan bosqichlarda ikkita kumush medali bilan taqdirlandi va shu tariqa oʻzlarining birinchi Gran-pri finali uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Bu juftlik finalda oltinchi oʻrinni egalladi. Kazakova/Reviya juftligi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, mavsumni yakunladilar va oʻtgan yilgi yutuqlarini uch pogʻonaga yaxshilagan holda oltinchi oʻrinni egallashdi.

2019-yil aprel oyida Mariya va Georgiy yangi mavsumda ham oʻsmirlar, ham kattalar toifasida qatnashishlarini eʼlon qilishdi. Erkin raqs Sankt-Peterburgda xoreograf Yelena Sokolova guruhida sahnalashtirilgan edi.

2019-yil dekabr oyida Kazakova/Reviya juftligi 2019-yilda Turinda oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish uchun oʻsmirlar toifasiga qaytishdi. Juftlik ritm raqsi boʻyicha gʻolib chiqib, amerikalik Nguyen va Kolesnik juftligini atigi 0,04 ball bilan magʻlub etdi. Ertasi kuni Mariya va Georgiy amerikalik juftlikni 0,16 ball bilan yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu tariqa oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida gʻolib chiqqan birinchi gruziyalik juftlikka aylanishdi.

Natijalari



Gruziya vakili sifatida Mariya Kazakova bilan




Gruziya vakili sifatida Yeva Xachaturyan bilan




Rossiya vakili sifatida Kseniya Konkina bilan




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz