Georgiy Djikiya




Georgiy Tamazovich Djikiya (ruscha: Георгий Тамазович Джикия , gruzincha: გიორგი თამაზის ძე ჯიქია ; 1993-yil 21-noyabrda tugʻilgan) — asli gruzin boʻlgan rossiyalik professional futbolchi, Rossiya Premer-ligasida Moskvaning „Spartak“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshlik yillari



Djikiya 1993-yil 21-noyabrda Moskvada Gruziya oilasida tugʻilgan. 

Klubdagi faoliyati



U 2011-yil 24-may kuni Moskvaning „Lokomotiv-2“ jamoasi safida Rossiya ikkinchi divizionida „Volochanin-Ratmir Vishniy Volochyok“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2016-yil 26-dekabrda u Moskvaning „Spartak“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2018-yilning 18-yanvarida u 2018-yil avgustigacha oʻynashga toʻsqinlik qilgan Tizza yorilishidan aziyat chekkan, shu jarohat tufayli Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan.

2021-yilning 15-avgustida u „Spartak“ bilan shartnomasini 2024-yilning 31-mayigacha uzaytirdi, shartnomani qoʻshimcha tarzda bir yilga uzaytirish bandlari mavjud boʻlgan.

Xalqaro faoliyati



2016-yil noyabr oyida u birinchi marta Rossiya terma jamoasiga 2016-yil 10-noyabrda Qatar va 2016-yil 15-noyabrda Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan. U 2017-yilning 5-iyunida Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. 

2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida u uchta oʻyinda asosoiy tarkibda maydonga tushgan — Yangi Zelandiya (2:0), Portugaliya (0:1) va Meksikaga (1:2) qarshi. Portugaliya bilan oʻyinda sariq kartochka olgan. 

U Rossiya mezbonlik qilgan 2018-yilgi Jahon chempionatini jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan. 

2019-yilning 16-noyabr kuni Yevro-2020 saralashida Belgiyaga qarshi oʻyinda milliy terma jamoadagi ilk golini urgan. 

2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibdan joy olgan. U Rossiyaning uchta oʻyinida ham toʻliq oʻynagan, Rossiya guruh bosqichidan musobaqani tark etgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Klub



Spartak Moskva

Shaxsiy




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz