Georgiy Borisenko




Georgiy Konstantinovich Borisenko' ( 1922-yil 25-may, Chuguev — 2012-yil 3-dekabr, Toshkent ) — sovet shaxmatchisi va nazariyotchisi, SSSR sport ustasi (1950), ICCF (ingl. ICCF — International Correspondence Chess Federation — Sirtqi shaxmat o‘yinlari bo‘yicha xalqaro federasiya) grossmeysteri (1965). Gruziya va SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.

Biografiyasi



Georgiy Borisenko Xarkov guberniyasining Chuguyev shahrida tug‘iladi, oradan bir qancha vaqt o‘tgach, oilasi bilan Leningradga ko‘chib keladi. Uning shaxmatga bo‘lgan qiziqishi 1931-yilda pionerlar oromgohida ta’til paytida boshlanadi.

Shuningdek, u Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, urush paytida olgan ikkita jiddiy  jarohatga ega.  

Georgiy Borisenko 1965-yildan to umrining oxirigacha Toshkentda yashab o‘tadi.  

G.B.Borisenkoning ismi vafotidan keyin FIDE shon-sharaf zaliga yozilgan.

Oilasi



Rafiqasi — V.M.Borisenko (turmushidan avval Belova bo‘ladi, 1920—1993), grossmeyster, besh karra SSSR chempioni (1945, 1955, 1957, 1960 va 1962), Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (1949—1950-yillarda).  

Sport faoliyati



Yuzma-yuz shaxmat



Sakkizta SSSR chempionati ishtirokchisi (1950—1967-yillarda).  

1953-yilda Leningrad chempionatining bronza medali sovrindori.

1961-yilda RSFSR chempionatining kumush medali sovrindori.

1966, 1968 va 1971-yillarda O‘zbekiston SSR chempioni.

1953-yilda Lokomotiv KSJ(Ko‘ngillilar sport jamiyati) chempioni.

1953-yilda Leningrad jamoasi tarkibida SSSR jamoaviy birinchiligi g'olibi. 1962-yilda RSFSR jamoasi tarkibida SSSR jamoaviy chempionati kumush medali sovrindori.  

1997—1998-yillarda faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.  

Sirtqi shaxmat



1950—1960-yillarda u sirtqi musobaqalarda katta muvaffaqiyatlarga erishadi.  

Ikki karra SSSR chempioni: 1955—1957-yillarda (P.V.Dubinin va 1960—1962-yillarda Ya.B.Estrinlar bilan).

4-jahon chempionatining kumush medali sovrindori (1962—1965-yillarda).  

SSSR terma jamoasi tarkibida ikkita sirtqi olimpiada g‘olibi (1958—1961 va 1961—1964-yillarda) .

Murabbiylik faoliyati



G.K.Borisenko turli yillar davomida jahon chempioni Nona Gaprindashvili, uning rafiqasi Valentina Belova-Borisenko, grossmeysterlar Semyon Furman, Viktor Korchnoy, Mark Taymanov, Lev Polugaevskiy va boshqa mashhur shaxmatchilarga murabbiylik qiladi.

Mukofotlari



Georgiy Borisenko mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi uchun — “Shuhrat” medali ( 2003-yil 22-avgust) bilan taqdirlanadi .

Manbalar




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz