Georgia Stanway




Georgia Marie Stanway (1999-yil 3-yanvarda tug'ilgan) - ingliz futbolchisi, Frauen-Bundesliga klubi "Bavariya" va Angliya terma jamoasida hujumchi sifatida o'ynaydi. U shuningdek, turli yoshlar toifasida Angliya terma jamoasida o'ynagan.

2016-yilda Stanway BBC tomonidan yilning eng yaxshi yosh sportchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi. 2017- yilda u PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi nominatsiyasiga nomzod bo'ldi. 2018-yil iyun oyida u UEFA ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibiga kiritildi. 2019-yilda yana bir bor PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi unvoniga sazovor bo'ldi.

Yoshlik yillari



Stanway Barrou-in-Furnessda tug'ilgan, ammo futbol o'ynash orzusini amalga oshirish uchun 16 yoshida ko'chib ketgan. U Alan Shirerni o'ziga kumir qilib o'sgan va "Nyukasl Yunayted" ga muhlislik qiladi.

Klubdagi faoliyati



Blackburn Rovers



Stanway o'z faoliyatini Blackburn Roversda boshlagan va u yerda yoshlar jamoasida o'ynagan oxir-oqibat Angliya Premer-ligasida kattalar jamoasiga qo'shilgan.

Manchester City




2015-yilning 18-iyulida Stanway «Manchester City» ga borib qo'shildi. 29-iyul kuni Stenvey "Manchester City" safida Qit'a kubogida " Dyurem " ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxira o'yinchisi sifatida debyut qildi. 27-avgust kuni u "Everton"ga qarshi o'yinda (2:0) ilk golini kiritdi. U o'zining birinchi mavsumini klubning Rising Star mukofoti bilan yakunladi. 2016-yilda u Nissan tomonidan "Mavsumning eng yaxshi goli" sovrinini qo'lga kiritdi. 2017-yilning yanvarida u klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

Klubning 2017-18-yilgi mavsumdagi o'yinlari uni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi jamoasi nomiga sazvor qildi. Keyingi mavsumda Stanway PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi mukofotiga sazovor bo'ldi.

2019-yil 17-noyabrda Stanway “Vest Xem United” ga qarshi ligada 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita sariq kartochka oldi bu o'z o'zidan qizil kartochkaga olib keldi va u maydondan chetlashtirildi, lekin qizil kartochka olishdan oldin ikkita gol urishga ulgurgan edi. U 2020/21-yilgi mavsumni Aston Villaga qarshi safarda 2:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda dubl qayd etish bilan boshladi.

2021-22-yilgi mavsumdagi birinchi Manchester derbisida Stanway 35-daqiqada Lea Galtonga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Shunga qaramay, “Manchester City” 2:2 hisobida durang qayd etdi. Stanway 2021-yil dekabrida FA WSLda oyning eng yaxshi goli sovrinini qoʻlga kiritdi.

Yoshlar jamoasi



2016-yilda Stanway 17 yoshgacha bo'lgan Angliya terma jamoasini 2016-yilgi Yevroda uchinchi o'rinni egallab, Jahon chempionatiga yo'llanma olishiga yordam berdi. 2018-yilda Stanway Angliyaning 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar o'rtasidagi Fransiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati musobaqasida muhim rol o'ynadi. Stanway olti marta gol urdi ("Oltin butsa" sohibi Patricia Guijarro bilan bir xil, ammo Patricia golli uzatmalarda Stanwayni ortda qoldirgan) Angliya uchinchi o'rinni egalladi.

Terma jamoa



Stanway 2018-yilning 8-noyabrida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) Angliya termasidagi ilk golini debyut uchrashuvida urdi Stanway ikkinchi xalqaro golini 2019-yil sentabr oyida Norvegiyaga 2:1 hisobida ga'laba qozonilgan uchrashuvda kiritdi 2021-yil 27-may kuni Stanway 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga kechiktirilgan Buyuk Britaniya ayollar olimpiya terma jamoasining beshta hujumchisidan biri sifatida tanlangani e’lon qilindi.

Karyera statistikasi




Xalqaro maydonda kiritlgan gollar

Yutuqlar



Manchester City




Angliya U17




Angliya U20




Angliya terma jamoasi




Shahsiy yutuqlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz