Georgi Parvanov




Georgi Parvanov (1957.28.6, Sirish-chnik shahri) — Bolgariya davlat arbobi. Sofiya universitetining tarix fakultetini tugatgan (1981). Tarix fanlari doktori. Bolgariya Ijtimoiy tarix institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1981—91), Bolgariya sotsialistax partiyasi (BSP) Oliy kengashi aʼzosi, BSP Tarix va siyosatshunoslik tadqiqotlari markazi direktori (1991—94), "Demokratax soʻllar" koalitsiyasining parlamentdagi fraksiya yetakchisi (1997—2001), 2001-yil iyun—noyab.da "Bolgariya uchun" koalitsiya fraksiyasi yetakchisi. BSP raisi oʻrinbosari, soʻng raisi (1994—2001), 2002-yil 22-yanvardan Bolgariya Respublikasi prezidenti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz