Georgi Margvelashvili




Georgi (Giorgi) Teymurazovich Margvelashvili (gr.Giorgi Teymurazis dze Margvelashvili) - 1969-yil, 4-sentabrda Tbilisida tugʻilgan. Gurjistonlik siyosatchi, sharhlovchi, 2013-yil 17-noyabrdan 2018-yil 16-dekabrgacha Gurjiston Prezidenti bo'lgan.

Biografiyasi




Siyosiy karyerasi



2012-yilning oktyabrida Georgi Margvelashvili, Bidzina Ivanishvili hukumatida Gurjiston Taʼlim Vaziri lavozimini egalladi.
2013-yilning 7-fevralida U Gurjiston hukumatining vitse-premyeri etib tayinlandi.
2013-yilning 11-may kuni «Gurjiston Orzusi» koalitsiyasi Giorgi Margvelashvilini oʻz nomidan 2012-yilning 27-oktabrida boʻlib oʻtadigan Gurjiston Prezidenti saylovlariga uning nomzodini qo'ydi. 2013-yil 16-iyulda Margvelashvili saylovoldi kampaniyada aybdorlikni oldini olish uchun Taʼlim Vaziri vakolatidan isteʼfoga chiqdi.
Georgi Margvelashvili falsafa, siyosat, madaniyat va xalqaro munosabatlar haqida qator maqolalar va qoʻllanmalar muallifidir.
2013-yil 27-oktabr kuni Gurjiston Prezidenti saylovlarida gʻalaba qozondi va Gurjiston Respublikasi Prezidenti deb e'lon qilindi va 17-noyabrdan Prezidentlik lavozimida rasman ish boshladi.

Shaxsiy hayoti



1993-yilda tugʻilgan Ana ismli qizi bor. Soʻngi yillarda Giorgi Margvelashvili rassom Mako Chichuo bilan yashaydi. Gruzin tilidan tashqari Rus va Ingliz tilini mukammal tarzda biladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz