George Lusztig




George Lusztig (talaffuzi: Jorj Lushtig) (1946-yil 20-mayda tugʻilgan) — amerikalik-ruminiyalik matematik. Massachusetts texnologiya instituti professori. 2022-yil Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.

George Lusztig Timishoareda yahudiy oilasida tugʻilgan. 1962-1963-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida Ruminiya vakili boʻlib, har ikki marta kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Buxarest universitetida oʻqigan. 1965-yilda universitetda oʻqib yurgan paytlarida oʻzining birinchi asarini („A model of plane affine geometry over a finite field“) nashr etgan. Lusztig 1968-yili universitetni tamomlagan. 1969-yilda esa Michael Atiyah taklifiga koʻra Princeton (New Jersey)dagi Ilg'or tadqiqotlar institutiga kelgan.

Lusztig 1971-yilda William Browder va Michael Atiyah rahbarligida „Novikov’s higher signature and families of elliptic operators“ nomli doktorlik dissertatsiyasini tamomlagandan soʻng matematika fanidan Ph.D. darajasini olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz