George John
George John (talaffuzi: Jorj Jon) — amerikalik futbolchi bo`lib, markaziy himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.
Faoliyati
2005-2008-yillarda George John Vashington universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha tahsil olgan va National Collegiate Athletic Associationda „Washington Huskies“ universiteti futbol jamoasida oʻynagan.
2009-yilning 15-yanvarida George John MLS Super Draftning birinchi bosqichida „Dallas“ jamoasi tomonidan umumiy hisobda 14-o‘rinni egalladi. U oʻzining professional debyutini 2009-yil 4-aplreda „New England Revolution“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. 2009-yilning 16-mayida „Seattle Sounders“ klubiga qarshi o‘yinda u o‘ng sonini jarohatlab oldi va shutufayli keyingi oltita o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur boʻldi. 2009-yil 17-oktyabrda u „Colorado Rapids“ jamoasi darvozasiga birinchi professional golini urdi.
George John 2010-yilgi „AHEPA Garri Agganis“ mukofotini oldi.
2011-yil avgust oyida George Johnga Angliyaning „Blackburn Rovers“ jamoasi qiziqish bildirgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olishmagan.
2014-yil 10-dekabrda George John MLS kengayish loyihasida „New York City“ jamoasi tomonidan tanlangan. Biroq mavsum davomida klub roʻyxatida boʻlganiga qaramay, u bilan shartnoma rasman imzolanmagan.
Xalqaro karyerasi
2011-yilning may oyida George John Gretsiya terma jamoasi yigʻiniga taklif qilindi.
2011-yil 22-dekabrda George John Venesuela va Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari bilan yakunlangan yillik yanvar yigʻiniga AQSh terma jamoasiga chaqirildi. Ammo 2012-yilning 4-yanvarida u klub muammolarini hal qilish uchun lagerni tark etdi.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org